1. Atomiya fani Anatomiyani o”rganish usullari


QOMATNIIG TUZILIShI (KONSTITUSIYASI)



Yüklə 84,25 Kb.
səhifə9/10
tarix20.11.2023
ölçüsü84,25 Kb.
#163226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
анатомия-фани-тарихи

QOMATNIIG TUZILIShI (KONSTITUSIYASI)

Agar har bir shaxs organizmining tuzilishi sinchiklab o’rganilsa, uning anatomiyasida uziga xos alohida xususiyatlari borligini kuramiz. Binobarin, har bir shaxning orfologiyasi bilan fiziologiyasida ham ozmi-ko’pmi farq borligi aniqlanadi. Ushbu xususiyatlar vrachlarning kundalik ishlarida, turli qomatga ega bulgan odamlar kasalligini aniqlash jarayonida muhim ro’l o’ynaydi. Bu esa odam qomatini o’rganish zaruratini tug’diradi.


Qomat tabiat va jamiyat ta'sirida odamda uziga xos morfologik va fiziologik xususiyatlarga ega bo’lgan individual belgilar yig’indisidan vujudga keladi va organizmdagi barcha o’zgarishlarga (betoblikka xdm) bog’liq,.
Odam qomati o’z ajdodidan orttirgan asosiy xususiyatlar yig’indisidan taraqiy etadi. qomatning rivojlanishida tashqi muhitning ta'siri ayniqsa muhim.Odam bo’yining xar turli bo’lishi uning nasliga, ijtimoiy sharoitiga, atrof-muxitga va iqtisodiy axvoliga bog’liqdir. Odam qomatining morfologik tuzilishiga qarab V.N. Shevkunenko ularni 3 turga ajratgan.
1. Gipersteniklar yoki braximorflar (keng yelkali past buylilar) - bunday odamlarning yelkalari keng, gavdalari vazmin, bakuvvat va tiqmachok, semiz buladi. Qo’l va oyoklari tanasiga nisbatan kalta; kalla, kukrak va qorni deyarli keng xajmlidir. Ularning qorni ham ko’kragiga nisbatan kattadir. Tananing ko’ndalang o’lchami buyiga nisbatan uzunroq, bo’ladi.
2. Asteniklar yoki olixomorflar (uzun bo’yli, tor ko’kraklilar) – bo’ylari uzun, organizmi zaif taraqiy etgan, vazni yengil, qo’l va oyoqlari tanalariga qaraganda uzunroq, kishilar toifasidir. Ularning ko’kraklari qorin qismidan katta va bo’yinlari uzun bo’ladi.
3. Normosteniklar yoki mezomorflar (o’rta bo’ylilar) - yuqorida bayon etilgan giperstenik va asteniklar o’rtasidagi odamlar urta buylilar hisoblanadi.
Odam gavdasining tashqi tuzilishi ichki a'zolar, qon tomirlar shakliga hamda tuzilishiga ham ta'sir qiladi. Jumladan, giperstenik odamning diafragmasi yuqori joylashgan bulsa, yuragi, me'dasi katta xajmli va ko’ndalang o’rnashgan; aortasi keng, o’pkasi qisqa va ingichka, ichagi ko’proq gorizontal yo’nalishda taxlanib yotadi. Jigar, me'da osti bezi, buyraklari va qora jigari (talok) ning hajmi kattarok bo’ladi.
Asteniklarda esa deyarli hamma a'zolari kichik bo’lib, pastroq, joylashadi. Lekin bu turdagi odamning kukragiga nisbatan o’pkasining uzun bo’lishi uni boshqa barcha a'zolardan ajratib turadi.



Yüklə 84,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin