1. axborot va uning ahamiyati mavzular


Ziyonet ta’lim tarmog‘i va undan foydalanish



Yüklə 393,6 Kb.
səhifə25/58
tarix27.12.2023
ölçüsü393,6 Kb.
#200338
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58
Kitob (Lotincha)

Ziyonet ta’lim tarmog‘i va undan foydalanish.
ZiyonET jamoat axborot ta’lim tarmog‘i 2005 yil 28 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2005 yil 28 sentabrdagi qaroriga muvofiq tashkil topgan.
ZiyonET tarmog‘ining asosiy maqsadi ta’lim tizimida respublika yoshlari hamda ta’lim oluvchilarni bilim olish jarayonida axborot-kommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat.
ZiyonET portali. ZiyonET axborot ta’lim tarmog‘i yoshlarni, murabbiylarni, shuningdek aholining turli qatlamini kerakli axborot bilan ta’minlash, AT sohasida kerakli ma’lumotlarni berish, muloqat qilish va tajriba almashinishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratib berishni o‘z zimmasiga oladi.
Foydalanuvchilar. ID.UZ tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga Ziyonet portali o‘z imkoniyatlarini namoyon qilishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Jumladan,

  • Ziyonet portalining kutubxonasiga axborot – ta’limiy ma’lumotlarni joylashtirish;

  • uchinchi darajali «zn.uz» domenida sayt-satelitlarni yaratish;

  • ZiyonET portalining yopiq bo‘limlariga kirish va u erdan ma’lumot olish;

  • ZiyonET axborot resurs tarmog‘ining turli tanlovlarida qatnashish.

Ziyonet tarmog‘iga ulanish. Hukumat qaroriga muvofiq barcha ta’lim muassasalari (ulanish ob’ektlari) ZiyonET axborot ta’limiy tarmog‘i negizida birlashishlari kerak.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligi, O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’lim markazi, Xalq ta’limi vaziriligi va Davlat test markazi veb saytlari va ulardan foydalanish.
Ushbu ta’lim vazirliklari saytlari o‘zlarida oliy ta’lim va uning faoliyati, oliy ta’lim muaasasalari, o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi va uning faoliyati, o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari, xalq ta’limi va uning faoliyati, respublika maktablari, ta’limning meyoriy hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mujassamlagan. Ta’lim muassasalari vazirliklari saytlari manzillari

  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligi veb-sayti: www.edu.uz

  • O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’lim markazi: www.markaz.uz

  • Xalq ta’limi vaziriligi veb sayti: www.eduportal.uz

  • Davlat test markazi veb sayti: www.dtm.uz


Yüklə 393,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin