1. axborot va uning ahamiyati mavzular


Qidiruv tizimlaridan to‘g‘ri maqsadda foydalanish



Yüklə 393,6 Kb.
səhifə35/58
tarix27.12.2023
ölçüsü393,6 Kb.
#200338
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58
Kitob (Lotincha)

Qidiruv tizimlaridan to‘g‘ri maqsadda foydalanish. Ha, afsuski, bugungi kunda kompyuterga va internetga yoshlar tomonidan birinchi navbatda ko‘ngilochar vosita deb qaralmoqda. Ayniqsa, bolalar kompyuterga ko‘zi tushgan zahoti darrov o‘yinlarni so‘rashadi, ko‘pchillik yoshlar esa Internetga ulangani zaxoti esa rasmlar tomosha qilishni so‘rashadi.
Internet resurslari xilma-xildir. Ularning ichida ham foydali ham zararli bo‘lganlari ma’lumotlar uchraydi. Internet tarmog‘idagi axborot-qidiruv tizimlari esa Internet resurslari ichidan so‘ralgan ixtiyoriy ma’lumotlarni qidirib topib berish imkoniyatiga ega. Chunki bunday qidiruv tizimlari kalit so‘zlar bo‘yicha qidirishni amalga oshiradi. Foydalanuvchi tomonidan qanday ma’lumot kiritilsa, xuddi shu ma’lumotga mos ma’lumotlarni qidirib topadi. Shu narsani eslatib o‘tish kerakki, har qanday axborot ham foydali va to‘g‘ri, rost hisoblanavermaydi. Axborot-qidiruv tizimlaridan faqatgina to‘g‘ri va foydali maqsadda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Turli nojo‘ya ma’lumotlardan foydalanishdan va tarqatishdan saqlanish maqsadga muvofiqdir.


10. INTERNET ORQALI MULOQOT VA UNING AHAMIYATI
Mavzular:

  • Forum tushunchasi;

  • Milliy va xalqaro internet forumlari;

  • Uforum.uz - milliy forumi;

  • Forumlarda ishtirok etish tartibi;

  • Bloglar va viki – saytdagi materialga izoh berish va ma’lumot qoldirish;

  • Chat tushunchasi. Internetda chatdan foydalanish va muloqot qilish;

  • Internet orqali so‘zlashuv;

  • Internet orqali video muloqot;

  • Veb kamera va uning ahamiyati;

  • Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari va ular orqali muloqot o‘rnatish;

  • Tvitter ommaviy axborotlarni jo‘natish tizimi, undan to‘g‘ri foydalanish;

  • Internet orqali muloqot qilish va izoh qoldirish madaniyati.

Forum tushunchasi. Internet tarmog‘ida forumlar veb-sayt ko‘rinishida bo‘ladi va Veb-forum deb ataladi. Veb-forum - veb-sayt tashrif buyuruvchilarining o‘zaro muloqotini tashkil etish uchun mo‘ljallangan veb sayt sahifalari va uskunalari majmui. Qisqacha aytganda, forum bu veb-saytning tashrif buyuruvchilari muloqot o‘rnatadigan maydonchasi. Bunda ixtiyoriy foydalanuvchi forum veb saytiga tashrif buyurib, o‘zini qiziqtirgan mavzuni o‘rtaga tashlashi va veb-saytning boshqa tashrif buyuruvchilari bilan muhokama qilishlari mumkin.
Forum muloqotning yana bir oddiy turi bo‘lib, bu muloqotda ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joydan qatnashish ham mumkin. Bunda biror bir mavzu tanlanadi va u muhokamaga qo‘yiladi. Qatnashuvchilar muzokara bilan tanishib o‘z fikrlarini jo‘natishlari mumkin. Bu usulda siz muhokamada qatnashayotganlarni ko‘rmaysiz, faqatgina ularning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Forumda turli - tuman mavzular muhokama qilinadi. Bunda siz biror mavzuni tanlab, ularning muhokamasida ishtirok etishingiz mumkin.

Yüklə 393,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin