1. axborot va uning ahamiyati mavzular


Axborotlarni parametrlari bo‘yicha qidirish



Yüklə 393,6 Kb.
səhifə32/58
tarix27.12.2023
ölçüsü393,6 Kb.
#200338
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58
Kitob (Lotincha)

Axborotlarni parametrlari bo‘yicha qidirish. Ko‘rib o‘tilganidek, har bir foydalanuvchi Internet tarmog‘i orqali o‘ziga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni uning mavzusi hamda tarkibidagi so‘z yoki jumla bo‘yicha qidirib topishi mumkin, lekin Internet tarmog‘ida ma’lumotlar shunchalik ko‘pki, ta’kidlab o‘tilgan usul samara bermasligi mumkin. Bunday hollarda Internet qidiruv tizimlari qidiruvning bir qancha qo‘shimcha usullari bo‘yicha qidiruvni taqdim etadi, bular:

  • ma’lumotlarni uning tili bo‘yicha qidiruv;

  • ma’lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) bo‘yicha qidiruv;

  • ma’lumotlarni uning joylashgan mintaqasi bo‘yicha qidiruv;

  • ma’lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi bo‘yicha qidiruv;

  • ma’lumotlarni uning joylashgan Internet zonasi bo‘yicha qidiruv;

  • ma’lumotlarni xavfsiz qidiruv.

Rasmlarni qidirish. Rasmlar ma’lumotlarning grafik yoki tasvir ko‘rinishi hisoblanadi. Internet tarmog‘ida grafik ma’lumotlarning ko‘plab turlari uchraydi, ya’ni: chizma (vektor), foto (rastr), harakatlanuvchi (animatsiya) hamda siqilgan rasmlar. Bunday grafik ma’lumotlar tarkibida matnli axborot mavjud bo‘lmaydi. Shundan ko‘rinib turibdiki, demak rasm ko‘rinishidagi ma’lumotlar ustida faqatgina uning nomi yoki turi bo‘yicha qidiruv olib borish mumkin. Ko‘pgina internet qidiruv tizimlari grafik yoki tasvir ko‘rinishidagi ma’lumotlarni qidirish uchun alohida bo‘limga ega bo‘lib, bu bo‘lim orqali ixtiyoriy turdagi rasmlarni ularning nomlari bo‘yicha qidiruvni amalga oshirish mumkin. Masalan, quyidagi rasmga shunday qidiruv tizimlarining biri tasvirlangan.

Musiqalarni va filmlarni qidirish. Internet tamog‘ida matnli yoki rasm ko‘rinishidagi ma’lumotlardan tashqari musiqa va video ma’lumotlarning ham ko‘plab manbalari mavjud. Internet tarmog‘i orqali har bir foydalanuvchi musiqa eshitishi, radio tinglashi, teledasturlar yoki videofilmlarni tomosha qilishi mumkin. Internet orqali radioeshittirish va teledasturlar namoyishi ma’lum, ushbu turdagi xizmatlarni taqdim etuvchi tizimlar (serverlar) tomonidan amalga oshiriladi. Internet orqali radio tinglash yoki teleko‘rsatuvni tomosha qilish uchun ushbu tizimga bog‘lanishni o‘zi kifoyadir. Ammo musiqa va filmlar Internet tarmog‘iga ulangan kompyuterlarda alohida material ko‘rinishida saqlanadi. Ularni tinglash, tomosha qilish yoki kompyuterga ko‘chirib olish uchun avvalo kerakligini qidirib topish zarur.
Musiqa va video materiallari ustida ham grafik (rasm) materiallar kabi uning nomi yoki izohi bo‘yicha qidiruv olib borish mumkin. Bunda musiqa va filmlarni qidirib topish uchun qidiruv tizimi maydoniga materialning nomi yoki uning izohiga taaluqli biror jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi. Shundan so‘ng qidiruv tizimi tomonidan kiritilgan jumlaga mos keluvchi musiqa va video materiallar joylashgan veb-saytlarning ro‘yhati shakllantiriladi. Ro‘yxatdagi veb-saytlar foydalanuvchi tomonidan birin – ketin ko‘rib chiqiladi va kerakli materiallar kompyuterga saqlab olinadi.

Yüklə 393,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin