Google Talk dasturi. Google Talk dasturi Google kompaniyasi tomnidan ishlab chiqilgan tezkor real vaqt tizimida xabarlarni almashish dasturi hisoblanadi. Google Talk dasturi matn ko‘rinishidagi xabarlarni almashish, va tovushli so‘zlashish imkoniyatini taqdim etadi. Bundan tashqari Google Talk dasturi Gmail elektron pochta tizimining xizmatchi dasturi bo‘lib pochta qutisini boshqarish vazifasini ham bajaradi. Google Talk dasturidan foydalanish uchun albatta Gmail tizimidi elektron pochta qutisiga ega bo‘lish kerak.
ICQ- hozirgi kunda eng ommabop bo‘lgan internet muloqot dasturi hisoblanadi. Bu dasturning foydalanuvchilar soni 38 mln. dan oshib ketgan. Bu dasturda xar bir foydalanuvchi shaxsiy raqamiga ega bo‘ladi. Qidiruvni amalga oshiradigan vaqtda ham ICQ raqamidan foydalaniladi. Foydalanuvchilar Internetga ulangan kompyuterda ushbu dasturni ishga tushiradi, shundan so‘ng dastur avtomatik ravishda ICQ xizmati serveri bilan bog‘lanadi. Bog‘lanish amalga oshirilgandan so‘ng xabarlar almashish mumkin.
Tvitter ommaviy axborotlarni jo‘natish tizimi, undan to‘g‘ri foydalanish. Internet tarmog‘ida Blog degan tushuncha ko‘p uchraydi. Bu blogda har bir foydalanuvchi o‘z fikrini qoldirishi va shu fikriga tahlillarni olishi mumkin. Tvitter fikr almashish uchun mo‘ljallangan kichkina blog hisoblanadi. Kichkina blog deyilishiga sabab belgilar soni 140 tani tashkil etadi, ya’ni siz 140 tadan ortiq belgini kirita olmaysiz. Shundan qilib Tvitter axborotlarni jo‘natish tizimi veb sayt orqali matn xabarlarni, SMS xabarlarni, tabriklarni, minnatdorchiliklarni hamda shunga o‘xshash turli ma’lumotlarni jo‘natish mumkin. Shuni unutmang - siz jo‘natgan xabar yoki ma’lumot barchaga Internet orqali ko‘rinadi va imkonli bo‘ladi. Shuning uchun, xabarlarni yozishda va jo‘natishda axborotlardan foydalanish va ishlash madaniyati qoidalariga rioya qiling.
Internet orqali muloqot qilish va izoh qoldirish madaniyati. Axborot saytlari tomonidan taklif qilinayotgan yoki ushbu axborot saytidan foydalanishingiz oqibatida paydo bo‘layotgan barcha sharhlar, o‘zaro aloqa, taklif va fikrlar axborot saytining shaxsiy mulki hisoblanadi va bulardan axborot sayti tomonidan istalgan erda va istalgan maqsadda dunyoning istalgan erida sizning ruxsatingizsiz ham foydalanish mumkin. Shuning uchun saytlarda o‘zingiz to‘g‘ringizdagi ma’lumotlarni kiritishda yoki materiallarga izohlar kiritishda ehtiyot bo‘ling. Izohlar qoldirishda birovning nafsoniyatiga tegadigan ma’lumotlarni, har xil nojo‘ya so‘zlarni yozishdan saqlaning. Axborotdan foydalanish madaniyatiga rioya eting.