Material qalinligi. Yupqa gazlamalardan tikilgan buyumlarda astar bo’lagining kengligi bo’yicha avrani deyarli qaytaradi. Qalin paltoda astar avraga nisbatan kengroq bichiladi.
Astar bo’laklari andozalarini ishlab chiqishda quyidagilarga e’tibor berilishi kerak:
astar bo’laklarini bichishda ba’zi uchastkalarda (masalan etagi bo’yicha) astar avradan atayin kengroq bichiladi. Sababi – texnologik ishlov berishda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan noaniqliklarni oldini olish. Huddi shunday, yeng astari avradan kengroq bichiladi.
palto bo’laklarida astar yeng o’mizi, avra bo’lagiga nisbatan 1 sm uzunroq bo’ladi;
ort bo’lak bo’yin o’mizi uzunligi avra bo’lagidan 0,3 sm ga kattaroq bichiladi;
astarni adipga ulash qirqimini loyihalashda adip qirqimining ichiga biroz kiritiladi: yelkada 2,5-3,0 sm; ko’krak sathida 2,0-2,5 sm, etak sathida 1,0-1,5 sm (2-rasm).
eng astari andozasini chizish yeng uchidan boshlangani ma’qul, chunki yeng yon qirqimlarining uzunligi bo’yicha tenglash osonroqdir;
ort bo’lak astarida tanda ipi yo’nalishi ort bo’lak o’rta chizig’iga parallel, old bo’lakda – bort chizig’ining pastki qismiga parallel, yengda yeng ichki o’rta qirqimi uchlarini birlashtiruvchi chiziqqa parallel;
palto etagi konussimon kengayganda va avradan alohida (ochiq holda) tikilganda astar bo’lagi etak qismida avradan torroq olinadi;
old bo’lak astarini adipga ulash qirqimi adipdan uzunroq bichiladi, chunki astar va avra gazlamaning kirishuvchanligi turlichadir.
palto sirtida astar choklarining o’rni bo’rtib qolmasligi uchun astar bo’laklari konstruktsiyasi avra bo’laklari qirqimlari bo’yicha loyihalanadi yoki yaxlit bichiladi;
Sabzavotlar kishilarning ovqatlanishida muhim rol o‘ynaydi: U taom hazm bo‘lishini yaxshilaydi, tanada nordon ishqorli muvozanatni saqlaydi va suyuqlik almashinishini ta’minlaydi. Ular vitaminlarning asosiy manbalaridan biri bo‘lib, uglevodlarga, mineral, muattar, lazzatli moddalarga ham boy bo‘ladi. Ba’zi sabzavotlar (sarimsoqpiyoz, erqalampir, turp) tarkibida bakteriatsid moddalar — kasal tug’diruvchi mikroblarni qiradigan yoki ular rivojini to‘xtatib qo‘yadigan fitontsidlar bo‘ladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida sabzavotlar yaxna taomlar, suyuq oshlar, sardaklar, sabzavot taomlar va garnirlar tayyorlashda ko‘p ishlatiladi. Sabzavotlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: ildizmevali o‘simliklar — kartoshka, topinambur (er noki), batat (shirin kartoshka);
ildizmevalar — sabzi, lavlagi, sholg’om, bryukna, turp, redis, petrushka, selderey, pasternak (shirin nldizli xushbo‘y o‘t), erqalampir;
karamsimonlar — oq o‘zakli karam, qizil o‘zakli karam, savoy karami, bryussel karami, guldor karam, kolrabi karami, brokkol karami;
piyozsimonlar — boshpiyoz, ko‘k piyoz, porey, sarimsoqpiyoz;
xushta’m sabzavot — ukrop, tarxun, rayhon, mayoran;
mevalilar — qovots, qovoqcha, bodring, tarvuz, qovun, kulchaqovoq; pomidor, baqlajon, qalampir; dukkaklilar — ko‘k no‘xat, ko‘k loviya; donlilar — so‘tali jo‘xori;
chuchuklilar — artishok, sparja, rovoch. Umumiy ovqatlanish korxonalariga kelib tushadigan sabzavotlar davlat standartlariga muvofiq ravishda miqdor va navlari bo‘yicha tekshiriladi. Buning uchun sabzavot tortiladi va olingan ma’lumotlar ilova qilingan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga taqqoslanadi, bu esa omborga kelib tushgan sabzavot miqdoriny aniq hisobga olish imkonini beradi.
Sifatni tekshirishga katta z’tibor beriladi, chunki sifati yomon sabzavotga ishlov berishda chiqit miqdori ko‘payadi va tayyorlangan taomlar sifati yomonlashadi. Sabzavotlar sifati organoleptik usulda: rangi, hidi, ta’mi, zichligiga qarab aniqlanadi.
Sabzavotlarga mexanik usulda pazandalik ishlovi berish — saralash, yuvish, tozalash. hamda to‘g’rashdan iborat izchil yumushlardir.
Saralash sabzavotlardan muayyan taomlar tayyorlash uchun oqilona foydalanishga yordam beradi, ularga mexanik ishlov berishda chiqitlarni kamaytiradi. Saralash va tozalashda begona aralashmalar, chirigan, zzilgan sabzavotlar tashlanib, yaxshilari katta-kichikligi va sifatiga ko‘ra ajratiladi.
Sabzavotlarni ularga yopishgan qum va tuproq qoldiqlaridan tozalash uchun maxsus sabzavot yuvish mashinalarida yoki qo‘lda yuviladi. Bu mashinalarning sanitariya holatini yaxshilaydi, ularning ishlatish muddatini uzaytirishga yordam beradi.
Mahsulotdagi ozuqalik qiymati past bo‘laklarni, chiqarib tashlash uchun sabzavotlar, sabzavot tozalash mashinalarida yoki qo‘lda tozalanadi.
Sabzavotlarning oziqaviy qimmati ularning kimyoviy tarkibiga bog’liq. Ularning kimyoviy tarkibida uglevodlar, mineral moddalar, organik kislotalar, vitaminlar, glikozid, fitotsid (ya’ni mikroorganizmlarni halok qilish yoki rivojlanishini susaytirish qobiliyatiga ega bo’lgan maxsus modda) xushbo’y va rang beruvchi moddalar bo’ladi.
Sabzavotlarning kimeviy tarkibi ularning turi, navi, etilishi terib olish muddati va saqlash usullariga bog’liq. Sabzavotlar tarkibiga kiruvchi moddalar suvda eruvchan va suvda erimaydigan moddalarga bo’linadi. Suvda eruvchan moddalarga shakar, organik kislotalar, pektin moddalari azotli moddalarning bir qismi, dubilli va rang beruvchi moddalar, vitaminlarning ko’pgina qismi, glikozidlar kiradi. Suvda erimaydigan moddalarga kletchatka, gemisellulozalar, protopektin, kraxmal, yog’lar, azotli moddalarning bir qismi va mineral moddalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |