1. Bank nazoratining mohiyati va zarurligi. Bank nazoratini amalga oshirish usullari


Bank nazoratini amalga oshirish usullari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə2/2
tarix01.12.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#71702
1   2
Bank muassasalarida moliyaviy nazoratni tashkil etish maqola

Bank nazoratini amalga oshirish usullari
Bank tizimi amaliyotida bank nazoratining bir nechta usulidan foydalanish samarali natija berishini inobatga olgan holda, ularga batafsil to‘htalib o‘tamiz. Birinchisi, Markaziy bank tomonidan tijorat banklar faoliyatini masofadan turib, ya’ni ular taqdim etgan moliyaviy hisobotlarini tekshirish orqali nazorat qilish. Ikkinchisi, banklarni joylarga chiqib inspeksiya qilish, ya’ni barcha moliyaviy hisobotlar va ularga tegishli qo’shimcha ma’lumotlar tijorat banklarining o’ziga borib tekshirishdir.

Uchinchisi, aralash usul bo‘lib, bunda masofadan turib va joylar chiqib tekshirish tekshirish usullari bigalikda amalga oshiriladi. Masofadan turib banklarni nazorat qilish usuli Yevropa mamlakatlarida keng qo’llanilgan. Bunda Markaziy bankning nazorat departamentlari tashqi audit firmalari bilan yaqin munosabatda bo’ladi. Har yili tugashidan oldin setifikatlangan tashqi audit firmalariga audit tekshirishlarida faoliyatning qaysi tomonlariga e’tibor berish kerakligi ko’rsatiladi.Ayrim hollarda tashqi audit firmalarining ishchi materiallariga, garchi ularning xususiy mulki bo’lsada, ushbu materiallardan foydalanish talab qilinadi. Tijorat banklarini joylarga borib tekshirish AQShda keng qo’llaniladi. AQSh bank nazorati departamentida ko’p sonli inspektorlar ishlashadi. Ular joyga chiqib, tijorat banklari hujjatlarini bevosita tekshirib, bank boshqaruviga baho beradilar. Bugungi kunda banklarning soni 11 mingtadan ortiqligini inobatga oladigan bo’lsak, bu teshirish usuli qancha mablag’ va vaqt talab qilishini tasavvur qiling. Keyingi yillarda AQSh va Evropa bank nazorati amaliyotida uchunchi usuldan foydalanilmoqda. Jahon tajribasidan keng o’rin olgan masofadan turib nazorat o’rnatish bank faoliyatiga oid moliyaviy va boshqa hisobotlarni tahlil qilish hamda tekshiruvdan o’tkazishni ko’zda tutadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank nazoratini amalga oshirishdagi roli va ahamiyati.
Markaziy bank – mamlakatdagi narx darajasi, bank tizimining barqarorligi hamda to‘lov tizimining barqaror faoliyati uchun mas'ul bo‘lgan muassasadir. Buning uchun pul-kredit siyosatini olib boradi, tijorat banklar, to‘lov tashkilotlar, hamda bir necha nobank kredit tashkilotlar (MKT, lombarlardlar va boshqalar) faoliyatini litsenziyalaydi, tartibga soladi va nazorat qiladi.
Ba'zan mamlakatlarda mega-tartibga soluvchi (mega-regulyator) bo‘lgan markaziy banklar mavjud va ular sug‘urta bozorini hamda moliya bozorining boshqa segmentlarini ham tartibga soladi.
Markaziy bank tijorat banklarining amaliyotlarini amalga oshirish, ya'ni jismoniy va yuridik shaxslarga qarz berish, ularga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish, banklar kapitallari va boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida ishtirok etish huquqiga ega emas. Markaziy banklarning rivojlanish tarixi shuni ko‘rsatadiki, ularning kelib chiqishi xususiy banklarga berilgan imtiyozda, ya'ni pul bosib chiqarishda (pul emissiyasi) namoyon bo‘lgan.
Iqtisodiy rivojlanishning dastlabki bosqichlarida markaziy (emitent) va tijorat banklari o‘rtasida farq bo‘lmagan, lekin pul-kredit tizimi rivojlangan sari bir necha yirik tijorat banklarida banknot emissiyasini markazlashtirish jarayoni yuz bergan, natijada banknotlarni chiqarish monopol huquqi bitta bankka tegishli bo‘lib qolgan.

Markaziy banklarning paydo bo‘lishi XIX asrning o‘rtalariga va XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi, chunki bu davrda ko‘pchilik hukumatlar muomaladagi pul masalasini nazorat qilish muayyan banklar bo‘ynida bo‘lishni qonunlashtirgan.
O‘zbekiston Markaziy bankining huquqiy maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish tamoyillarini belgilovchi hujjatlari bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi (XXV bob, 124-modda), «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun va boshqa rasmiy qonun hujjatlaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Markaziy bankning 14 ta hududiy bosh boshqarmalari, shu jumladan o‘n ikkita hududiy bosh boshqarmalar, Markaziy bankning Toshkent shahri bo‘yicha bosh boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha asosiy territorial boshqarmasi;

  • 10 ta tasarrufdagi tashkilotlar.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin