4-mavzu. Komp’yuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix05.05.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#108099
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kampyuter tarmoqlari mustaqi ish



4-mavzuKomp’yuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari 
4.1. Komp’yuter tarmoqlari. 
 
Jamiyatning hozirgi bosqichida axborot texnologiyalarining rivojlanishini 
komp’yuter tarmoqlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 
Komp’yuter tarmog‘i – aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog‘langan 
komp’yuter va terminallar majmuasidir. 
Тarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’ektlar 
tarmoq ob’ektlari deyiladi. Тarmoq ob’ektlari alohida komp’yuter, komp’yuterlar 
kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo‘lishi mumkin. 
Axborotlarning territorial joylashuviga ko‘ra komp’yuter tarmoqlarini uchta asosiy 
sinfga bo‘lish mumkin: global tarmoqlar, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal 
(mahalliy) tarmoqlar. 
Global komp’yuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qit’alarda joylashgan 
abonentlarni birlashtiradi. 
Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarida
radioaloqa va kosmik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi. 
Mintaqaviy komp’yuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror 
mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki 
iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni 
birlashtiruvchi tarmoq. 
Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni 
birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog‘langan bo‘ladi. Masalan, 
biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan 
cheklash mumkin. 
Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko‘p tarmoqli 
iyerarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet komp’yuter tarmog‘i 
keng tarqalgan, ommaviylashgan global komp’yuter tarmog‘idir. Uning tarkibiga 
erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Uning nomining o‘zi «tarmoqlar 
orasida» ma’nosini bildiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning 
uchun u katta imkoniyatlarga ega. O‘zining shaxsiy komp’yuteri orqali 
Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, uzoq masofada 
joylashgan biror kutubxonadagi adabiyotlar katalogini ko‘rib chiqishi, tarmoqqa 
ulangan abonentlar bilan konferentsiyada yoki o‘yinda ishtirok etishi mumkin. 
Internetning asosiy yacheykasini mahalliy komp’yuter tarmoqlari tashkil etadi. 
Komp’yuterlarni mahalliy tarmoqqa ulashning uch asosiy strukturasi mavjud: 
– halqasimon
– shinali


– yulduzsimon

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin