shug‘ullanadigan maxsus serverlar mavjud. Server katta hajmdagi xotiraga va
katta
tezlikka ega, shuning uchun u birdaniga bir necha savollarga javob bera oladi
Har bir qidiruv serveri tarmoqdagi Web-sahifalar bo‘yicha ma’lumotlar
jildiga ega. Jildda ma’lumotlarning turgan joyi, qisqacha izohi(annotatsiya), tavsifi
va boshqa ma’lumotlar joylashadi.
Internetda ma’lumotni qanday topish mumkin? Ma’lumot
joylashgan Web-
sahifa manzilini kiritsangiz, bu muammo bir zumda hal bo‘ladi. Sahifa to‘liq
manzilini «Adres»
maydonida kiritsangiz, qidirilayotgan ma’lumot ekranda
namoyon bo‘ladi. Bir necha daqiqadan so‘ng so‘ralgan Web-sahifa paydo bo‘ladi.
Ba’zi hollarda sahifa topilmaganligi va hozircha unga
ulanish mumkin emasligi
haqida ma’lumot paydo bo‘ladi.
Sahifa manzili noma’lum bo‘lgan holda nima qilish zarur? U holda
Internetning maxsus qidiruv tizimlaridan foydalanish mumkin. WWWda bir necha
qidirish tizimlari mavjud. Vositalar panelidagi
Поиск buyrugini kiriting. Ekranda
maxsus qidiruv sahifasi paydo bo‘ladi (4.5.1-rasm).
4.5.1-rasm. Yahoo.com qidiruv tizimining bosh sahifasi.
Ma’lumotni topish uchun mavzu nomini maxsus maydonga kiritish zarur.
Natijada ma’lumot server omboridan qidiriladi. Qidirish
natijasi ekranda hosil
bo‘ladi. Ro‘yxatdan Siz zarur sahifani tanlashingiz mumkin. Masalan, agar
«Internet haqidagi» ma’lumotlar zarur bo‘lsa, «Ob Internete» so‘zini qidirish
maydoniga yozasiz. Mavzu aniq bo‘lsa, javob aniq va tezda topiladi.
Yana bir usuli adreslar maydonida kerakli mavzuni kiritish mumkin.
Bunda
mavzuni topish uchun so‘z yoki atama kiritiladi. So‘zdan oldin «+» belgisi bo‘lsa,
bu qidirilayotgan so‘z shu hujjatda borligini bildiradi. Тopilishi zarur bo‘lgan
jumla qo‘shtirnoq ichiga olinishi shart. Agar so‘rov kichik harfda berilgan bo‘lsa,
natija kichik va bosh harfli so‘zlarni o‘z ichiga oladi.
Kerakli ma’lumotni topish uchun qidiruv tizimlaridan foydalanishingiz
mumkin. Masalan juda qulay va taniqli yahoo.com
tizimidan foydalanishingiz
mumkin. Buning uchun adres maydoniga www.yahoo.com manzilini kiriting.
So‘rov natijalari ro‘yxat shaklidagi ilovalardan va ularning tavsifidan tashkil
topadi. Unda ma’lumotlar bo‘limlarga, bo‘limlar esa bo‘linmalarga bo‘lingan
bo‘ladi.
Sahifaning o‘rtasida maxsus joyda
SEARCH tugmachasi joylashgan. Unda
mavzu nomini kiritish va qidiruv natijasini olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: