4.1.3-rasm. Internet tarmog’i.
4.1.3-rasmda Internet va unga bog’lanishning umumiy shakli keltirilgan.
Unga asosan Internetga bog‘lanish va undan foydalanishning
asosiy texnik
vositasini shaxsiy komp’yuterlar tashkil etadi. Komp’yuterning imkoniyatlarini
kengaytirish
uchun
unga
mikrofon,
videokamera,
ovoz
kuchaytirgich
(audiokolonka) va boshqa qo‘shimcha qurilmalar ulanishi mumkin.
Internet
xizmati
Internet provayderlari yordamida aloqa
kanallari orqali amalga
oshiriladi. Aloqa kanallari sifatida telefon tarmog‘i, kabelli kanallar,
radio va
kosmos aloqa tizimlaridan foydalanish mumkin.
Internetning ish prinsipi
4.1.4-rasm. Internet tarmog’ining tuzilish sxemasi.
4.1.4-rasmda Internet tarmog‘ining tuzilish sxemasi keltirilgan. Uning
asosida
yuqori tezlikka ega bo‘lgan superkomp’yuterlar o‘zaro bog‘lanishi mumkin. Keyin
esa, doimiy aloqa kanallari orqali ma’lumotlar
provayderlarga, so‘ngra oddiy
foydalanuvchilarga uzatiladi.
Internet TCP/IP (Transmissions Control Protocol/Internet Protocol) asosida
ishlaydi.
Protokol deb, Internetdagi ma’lumotlarning formati, ma’lumot
uzatishning o‘zaro kelishilgan qoidalari va tarmoqdagi abonentlar o‘rtasidagi
ma’lumot almashinish usullari to‘plami aytiladi.
Internetning asosiy xizmatlari:
Dostları ilə paylaş: