@Mahmud_Yazdanov +998913182468
Stol 9. Qandli diabet kasalligida ishlatiladi. Asosiy xususiyati - oson hazm bo'ladigan uglevodlarni cheklash yoki yo'qotish,
hayvon yog'larini cheklash. Qaynatilgan yoki pishirilgan shakldagi oziq-ovqatlar tavsiya etish.
20) 10-stol olgan bemorlarning ozuqlanish xususiyatlari qanday?
Stol 10 (10A). Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarida ishlatiladi. Asosiy xarakteri osh tuzi, suyuqlik va hayvon yog'ining
cheklash. Qaynatilgan yoki pishirilgan shakldagi oziq-ovqatlar tavsiya etiladi.
21) Tana xaroratini o’lchash. Favqulodda bemorlarga parvarish.
Tana haroratini o‘lchash:
Haroratning oshishi — bu kasallikning muhim belgisi bo‘lib, organizmning qayeridadir yallig‘lanish boshlanganidan darak
beradi. Shuning uchun, haroratingiz qancha ekanligini bilish juda muhim.
Haroratni quyidagicha o‘lchash mumkin:
Tana harorati har xil usullar bilan tekshiriladi:
1. Rektal — yo‘g‘on ichakda.
2. Oral — og‘iz ichida.
3. Qo‘ltiq ostida.
4. Peshonada — buning uchun arteriyani tekshiruvchi infraqizil skanerlar ishlatiladi.
5. Quloq ichida — bu ham skanerlar yordamida amalga oshiriladi.
Har bir usul uchun har bir joyga maxsus moslashtirilgan elektron termometrlar mavjud.
Qanday termometrdan foydalansangiz ham, avval uning ishlatish yo‘riqnomasini o‘qib chiqing.
Har bir ishlatishdan keyin termometrni tozalaganingiz yaxshi: agar imkoni bo‘lsa yuvish, yoki antiseptik vosita bilan artish
lozim. Agar termometr namlikka sezuvchan bo‘lsa, ehtiyot bo‘ling, buzilib qolishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: