1 Bemorlarga umumiy parvarish nima?


Favqulodda bemorlarga parvarish



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/30
tarix30.06.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#135570
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
1 Bemorlarga umumiy parvarish nima

Favqulodda bemorlarga parvarish Tеz tibbiy yordam stantsiyalari aholiga favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam 
ko‘rsatib, kun davomida uzluksiz ishlaydi. Brigadani mustaqil ravishda chaqiruvlarga qoldiradigan, birinchi yordamni 
ko‘rsatadigan va bеmorlarni kasalxonaga yotqizadigan paramеdik boshqarishi mumkin. Yuqori malakaga ega bo‘lgan 
ihtisoslashtirilgan tibbiy yordamni shifokor boshchiligidagi jamoa ta'minlaydi va paramеdik unga bеmorlarni parvarish 
qilish va tashishda yordam bеradi. Ko‘pgina tеz yordam stantsiyalarida zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan 
avtomobillar mavjud bo‘lib, ular favqulodda yuqori malakali va ihtisoslashtirilgan yordamni ko‘rsatish uyda va 
kasalxonaga olib boriladigan rеanimatsiya jarayonini amalga oshirish imkonini bеradi. 
22) Termometrni saqlash va dizinfeksiya qilish? 
Termometr turlari 
Hozirgi kunda dorixonalarda, tana haroratini o‘lchash uchun har xil turdagi termometrlarni topsa bo‘ladi. ularning har 
birida o‘ziga xos yutuqlari va kamchiliklari bor: 
Simobli (maksimal) termometr. Eng aniq ko‘rsatib beruvchi termometr va narxi ham hamyonbop. Bundan tashqari 
shifoxona, poliklinikalarda ham keng ko‘lamda foydalaniladi. Chunki uni dezinfeksiya qilish oson va ko‘pchilikka qo‘llasa 
bo‘ladi. Kamchiligi shundaki, bunday termometrlar yordamida tana haroratini o‘lchash uchun ko‘proq vaqt sarflanadi va 
ular sinuvchan bo‘lishadi. Singan termometr esa zaharli simob bilan xavf tug‘diradi. Shuning uchun bolalar tana 
haroratini o‘lchash uchun kam qo‘llaniladi, ayniqsa og‘iz orqali o‘lchashda juda xavfli. 
Elektron (raqamli) termometr. Uy sharoitida foydalanish uchun juda qulay termometr. Tana haroratini o‘lchash uchun 
qisqa muddatlar sarflanadi (30 sekunddan 1,5 daqiqagacha), o‘lchash tugagandan keyin “signal” chalib, xabar 
beradi. Elektron termometrlarda yumshoq uchlari bo‘ladi, ular yordamida bolalarda rektal qo‘llash uchun qulaydir. Agar 
termometr og‘iz orqali yoki to‘g‘ri ichak orqali foydalanilsa, individual qo‘llanilishi kerak – faqatgina shu bola uchun 
ishlatilishi kerak. Bunday termometrning kamchiligi tana haroratini biroz xato ko‘rsatishidir. Shuning uchun termometrni 
sotib olganda normal ko‘rsatkichni aniqlab olish kerak va shu ko‘rsatkich bo‘yicha qo‘llash kerak. 
Yaqin yillar ichida yangi moslama – termapoloska (ya’ni maxsus chiziqlar). Egiluvchan kristalli plenkalar bo‘lib, tana 
haroratining turli xil ko‘rsatkichlarida rangi o‘zgaradi. Tana haroratini o‘lchash uchun peshona sohasiga 1 daqiqa 
davomida plenkani ushlab turish kifoya. Bunda tana haroratining aniq ko‘rsatkichi qayd etilmaydi, balki ranglarga qarab 
“past”, “o‘rta” va “yuqori” ko‘rsatkichlarinigina ko‘rsatib beradi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin