@Mahmud_Yazdanov +998913182468
Inson tana harorati termoregulyatsiya jarayoni
bilan boshqariladi, ya’ni bu funksiya doimiy haroratni ushlab turish
vazifasini bajaradi. Termoregulyatsiyani gipotalamus boshqaradi. Lekin hozirgi kunda shifokorlar qayd etishicha
tana haroratini boshqaruvchi markazni yagona deb bo‘lmaydi, chunki inson tana haroratiga ta’sir etuvchi bir necha
faktorlar bor. Yosh bolalarda tana harorati tez-tez o‘zgarib turadi, kattalarda esa (16-18 yoshdan boshlab) deyarli
stabil
bo‘ladi. Lekin sutka davomida ham harorat ko‘rsatkichi bir xil bo‘lmaydi. Chunki sutka davomida ro‘y beradigan fiziologik
o‘zgarishlar ham bor. Masalan, sog‘lom odamning tongi va kechki tana harorati ko‘rsatkichlari 0,5-1,0 °C ga farq qiladi.
Tana harorati tashqi muhit ta’sirlarida ham o‘zgarib turadi, masalan jismoniy zo‘riqish vaqtida, ma’lum bir mahsulotlarni
iste’mol qilganda (achchiq va o‘tkir mahsulotlar), stress vaqtida, qo‘rqqanda, hatto aqliy mehnat bilan ko‘p
shug‘ullanganda harorat ko‘tariladi.
Dostları ilə paylaş: