@Mahmud_Yazdanov +998913182468
Haroratni quyidagicha o‘lchash mumkin:
Tana harorati har xil usullar bilan tekshiriladi:
6. Rektal — yo‘g‘on ichakda.
7. Oral — og‘iz ichida.
8. Qo‘ltiq ostida.
9. Peshonada — buning uchun arteriyani tekshiruvchi infraqizil skanerlar ishlatiladi.
10. Quloq ichida — bu ham skanerlar yordamida amalga oshiriladi.
Har bir usul uchun har bir joyga maxsus moslashtirilgan elektron termometrlar mavjud.
Qanday termometrdan foydalansangiz ham, avval uning ishlatish yo‘riqnomasini o‘qib chiqing.
Har bir ishlatishdan keyin termometrni tozalaganingiz yaxshi: agar imkoni bo‘lsa yuvish, yoki antiseptik vosita bilan artish
lozim. Agar termometr namlikka sezuvchan bo‘lsa, ehtiyot bo‘ling, buzilib qolishi mumkin.
Haroratni qo‘ltiq ostida o‘lchash (aksilyar). Tana haroratining aniq ko‘rsatkichda o‘lchash uchun teri quruq, termometr
tanaga zich birikkan bo‘lishi kerak. Bunday o‘lchash usulida ko‘proq vaqt sarflanadi – 7-10 daqiqa. Qo‘ltiq ostidagi
normal ko‘rsatkich 36,2-36,9 °C dir.
Ko‘pincha biz haroratni qo‘ltiq ostida o‘lchashda odatdagi simobli yoki elektron termometrdan foydalanamiz. Buni to‘g‘ri
amalga oshirish uchun nimalarga e’tibor berish kerak:
6. Haroratni ovqat yeyish va jismoniy og‘irliklardan keyin darrov o‘lchash mumkin emas. Yarim soat kuting.
7. O‘lchashdan oldin shisha termometrni silkitish kerak: simob ustuni 35 °C dan pastroqda turishi kerak. Agar
termometr elektron bo‘lsa, uni yoqing.
8. Qo‘ltiq osti quruq bo‘lishi kerak. Terni artish lozim.
9. Qo‘lingizni mahkam siqib turing. Yaxshisi bolani qo‘lga oling va yelkasini o‘zingiz siqib turing.
10. Agar yuqoridagi qoidaga amal qilgan bo‘lsangiz, simobli termometrda haroratni o‘lchash uchun 5 daqiqa kerak
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: