1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi


 Toshkentdagi Ko֥‘kaldosh madrasasi haqida ma’lumot bering



Yüklə 379,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/45
tarix04.10.2023
ölçüsü379,19 Kb.
#152269
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45
11-sinf tarix javoblari

 
2. Toshkentdagi Ko֥‘kaldosh madrasasi haqida ma’lumot bering. 
Koʻkaldosh madrasasi — Oʻzbekistonning Toshkent shahridagi meʼmorlik 
yodgorlik. Shahar markazining Chorsu maydonida joylashgan. Qulbobo koʻkaldosh 
qurdirgan (1551—1575). Madrasa (umumiy oʻlchami 62,7X44,9 metr) bosh tarzi 
janubga qaragan. Darvozadan kiraverishda chapda masjid, oʻngda darsxona 
joylashgan. Masjid va darsxonalarning tomi oʻzaro kesishgan ravoqlar ustiga 


oʻrnatilgan gumbazlardan iborat. Miyonsaroy 7 gumbazli. Chorsi hovlisi keng 
(38X26,9 metr), hujralar va ochiq ayvonlar bilan oʻralgan. Hovlining atrofidagi 
hujralar 38 ta boʻlib, darsxona va masjid bilan oʻzaro bogʻlangan. Madrasa dastlab 
3 qavatli boʻlgan. Meʼmorlar madrasani bezashda, asosan, binoning old tomoniga 
eʼtibor berishgan. Peshtoqi bilan birga balandligi 19,73 metr boʻlib, sirkor parchin 
va girih naqshlar bilan bezatilgan. Bosh tarzining 2 burchagidagi guldastalar tepasi 
qafasa bilan yakunlangan. 
Koʻkaldosh madrasasi XVIII asr boshlarida qarovsiz holga kelib qolgan va 
karvonsaroy ombori sifatida foydalanilgan. 1886 va 1946-yillardagi zilzilalar 
oqibatida vayron boʻlgan. Bir necha bor taʼmirlanishi natijasida madrasaning tashqi 
koʻrinishi oʻzgarib ketgan. Koʻkaldosh madrasasi hujralaridan birida Furqat (1889—
1891) va Hamza (1910—1911) istiqomat qilishgan, shoir Hislat va boshqalar tahsil 
olgan. Madrasaning old tomoniga anʼanaviy usulda zinapoya ishlangan. 1998-yildan 
binoning muhandislik ustuvorligini taʼminlash, tashqi va ichki tarzlarini asl holiga 
keltirish va atrofini obodonlashtirish ishlari olib borilgan. Koʻkaldosh madrasasi 
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida (1991-yildan). Binoda shu idoraga 
qarashli oʻrta maxsus islom bilim yurti joylashgan. 
 
3. Amir Temur–yetuk sarkarda. 
Amir Temur o‘z davlatining shon-shurati uchun uning markaziy qismi bo‘lgan 
Mavarunnahrning, ayniqsa poytaxti Samarqandning obodonligiga alohida ahamiyat 
bergan. Mo‘g‘ullar bosqini davomida butunlay vayron etilgan Samarqand shahri 
Amir Temur davrida o‘zining qadimgi o‘rnidan birmuncha janubroqda qayta 
qurilgan. Shahar tevaragi Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So‘zangaro va 
Feruza kabi nomlar bilan yuritiluvchi oltita darvozali mustahkam yangi qal’a devor 
bilan o‘rab chiqilgan.Shahar arkida Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroy bino qilingan. 

Yüklə 379,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin