2. Labihovuz ansambli haqida ma’lumot bering. Labihovuz ansambli - Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (17-asr). Dastlab
bozor maydoni boʻlgan. Maydon oʻrtasida katta qovuz qazilib (1620 yil) atroflari
sinchlar bilan mustahkamlangan, harsanglardan zinapoyalar, marmardan tarnovlar
ishlangan. Shagʻal va tuproq bilan toʻldirilib shibbalangan. Hovuz eni 36 m., boʻyi
45,5 m., chuqurligi 5 m. Uning gʻarbida Nodir Devonbegi xonaqohi, sharqida Nodir
Devonbegi madrasasi, shimolda Koʻkaldosh madrasasi va Ernazar elchi madrasasi
(saqlanmagan) qad koʻtargan. Hozirgi hovuz atrofiga chinorlar ekilib, choyxona
qurilgan. Yodgorliklar taʼmirlangan.
3. Galileo Galiley hayoti va ilmiy faoliyati. Galileo Galilei (Galileo Galiley; 15 fevral 1564 — 8 yanvar 1642) — oʻz
davrining ilmiga katta ta'sir koʻrsatgan italyan faylasufi, fizik va astronom. Galiley
asosan oʻzining planetalar va yulduzlar sohasidagi izlanishlari, dunyoning
geliomarkazli tizimini faol qoʻllashi va mehanika boʻyicha tajribalari bilan mashhur.
GALILEI (Galilei) Galileo (1564.15.2, Piza - 1642.8.1, Archetri, Florensiya
yaqinida) — italyan fizigi, astronomi va mexanigi; aniq tabiatshunoslik
asoschilaridan biri. G. aslzodalar oilasida dunyoga kelgan. Otasining undovi bilan
Piza universitetiga kirib (1581), tibbiyotni urgana boshlagan. Bu yerda Aristotel
fizikasi bilan tanishgan, Yevklid va Arximed matematikasini o‘rgangan. aliley —
Nyuton mexanikasi ilmning muhim tarmogʻiga aylandi. G. olam tuzilishini
tushuntirishda N. Kopernik yulidan bordi. Oʻzi yasagan (32 marta katta qilib
ko‘rsatadigan) teleskop yordamida Oy sirtining notekisligini, Venera fazasining
Uzgarishini, Quyosh dogʻlarini, Yupiterning 4 ta yuldoshini kashf qildi va
Quyoshning uz oʻqi atrofida aylanishini isbotladi. G.ning bu ishlari "Yulduz
xabarchisi" (1610—11) asarida bayon qilingan. "Olam tuzilishining ikki asosiy
sistemasi haqida dialog" (1632) asarida geliotsentrik sistematlt toʻgʻriligiga asosli
dalillar keltirgan.