2. Mir arab madrasasi haqida ma’lumot bering. Mir Arab madrasasi Shayx Abdulla YAmaniy tomonidan 1520-1536-yillar
oralig`ida bunyod etilgan. Madrasa chor islubida qurulgan. Madrasaning umumiy
tarxi 68,5x51,8 m ovli, 35.4x31,3 m darsxona 8x8, hovli 114 ta hujradan iborat.
Madrasaning asosi chuqur qilinib, tog`-toshlari bilan mustahkamlangan. Uning
go`rxonasida Uboydullaxonning yog`ochdan yasalgan sag`anasi va Mir Arab, uning
qarindoshlari qabrlari bor. Shurolar davrida uning faoliyati vaqtincha to`xtatilganiga
qaramay 1945-yil yana tiklandi.Mustaqillik yillarida Buxoroning 2500 yilligi
munosabati bilan madrasa peshtoqi va gumbazlaridagi to`kilib ketgan koshinkor
naqshlari va yozuvlar qayta tiklangan.
3. Mahmud Zamaxshariyning hayoti va faoliyati. Mahmud Zamaxshariy 1075-yil Xorazmning Zamaxshar qishlog’ida dunyoga
kelgan.U Buxoro, Marv,Nishopur, Isfaxon, Bag’dod va Makkada hayot kechirib ijod
qiladi. U 50 dan ortiq asarlar yozgan.Uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga
bag’ishlangan “Al mufassat”, Qur’oni karim tasviriga oid “Al kashshof” asarini
yozadi.Zamaxshariy arab va g’ayri arablar ustozi, Xorazm faxri kabi nomlar bilan
ulug’langan.
13-BILET 1. Vashington konferensiyasi. Vashington konferensiyasi (1921.12.11-1922.6.2) - AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy,
Yaponiya, Italiya, Niderlandiya, Belgiya va Portugaliya ishtirokidagi konferensiya;
Birinchi jahon urushidan keyin Tinch okeani havzasida vujudga kelgan davlatlar
kuchlari nisbatini qayd etdi. Bu nisbat AQSH uchun qulay boʻlgan edi. V. k.ning
eng muhim qarorlari: Toʻrt davlat shartnomasi, Besh davlat shartnomasi, Toʻqqiz
davlat shartnomasi. Sovet Rossiyasi konferensiyaga taklif etilmadi. Vashingtonga
kelgan Uzok, Sharq respublikasi delegatsiyasi konferensiyaga kiritilmadi.