1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi



Yüklə 379,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/45
tarix04.10.2023
ölçüsü379,19 Kb.
#152269
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45
11-sinf tarix javoblari

 
19-BILET 
1. SSSRning tashkil topishi. 
1922-yili amalga oshirilgan muhim tadbirlardan biri SSSRning tashkil topishi 
bo‘ldi. Millatlarning o‘z huquqini o‘zi belgilash tamoyi lidan kelib chiqib, barcha 
respublikalar federativ davlatga teng huquqli a’zo bo‘lib kirdilar. Natijada, 1922-yil 
30-dekabr kuni sobiq Rossiya imperiyasi hududida Sovet Sotsialistik Respublikalari 
Ittifoqi (SSSR) tashkil qilindi. Bu yangi davlatda eski jamiyat ning asoslari buzib 
tashlandi, «davlat sotsializmi» (davlatning iqtisodiyot ga va ijtimoiy munosabatlarga 
aralashuvi) o‘rna tildi va iqtisod, jamiyat, davlat misli ko‘rilmagan sur’atlarda isloh 
qilindi. Sovet tipidagi «davlat sotsializmi» jamiyatni industrlashtirishning 
kapitalistik usuliga muqobil yo‘l edi. SSSRga Rossiya, Ukraina, Belorusiya va 
Kavkazorti respublikalari kirdilar. 1924-yili davlatning birinchi konstitutsiyasi 
qabul qilindi. 1924-yili Kavkazorti va O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish 
o‘tkazilib, milliy sovet respublikalari tashkil qilindi. Shu yillari SSSR Yevropa 
davlatlari tomonidan, 1933-yili oxirgi yirik davlat – AQSH tomonidan tan olindi. 
 
2. Registon ansambli haqida ma’lumot bering. 
Registon ansambili. 17-asrda Samarqand Registon ansambilining hozirgi 
qiyofasi 


shakillantirildi. Samarqahokimi Yalangto’sh bahodir 1619-1635-yillarda vayrona 
holatiga tushib qolgan Registon maydonida Ulug’bek madrasasi qarshisida SHerdor 
madrasasini uning yonida 1646-1660-yillarda Tillakori madrasa – masjidini o’z 
mablag’laridan bunyod ettirgan. Registon ansambili o’zining rang – barang 
koshinkor 
peshtoqlari bilan Markaziy Osiyoning noyob durdonasidir. 
 
3. Yusuf Xos Hojib hayoti va faoliyati. 
Yusuf Xos Hojib (Bolasogʻuniy) Ilk turk dostonnavisi Bolasogʻunda 
tugʻilgan, qoraxoniylar saroyida xizmat qilgan. Hijriy 462 (m.1069-70)da yozib 
tugallangan «Qutadgʻu bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari qoraxoniylar 
davlatining mustahkam qaror topishiga xizmat qilgan nizomnomadir. Uch nusxasi 
(Vena, Qohira va Namangan) mavjud. Nisbatan toʻligʻi Namangan nusxasi boʻlib, 
1923 yili Fitrat tomonidan qoʻlga kiritilgan, u OʻR FA ShI da saqlanadi. 6329 
baytdan iborat, masnaviy (yaʼni aruzning «mutaqoribi musammani mahzuf») 
vaznida yozilgan. Yusuf Xos Hojib (asl ismi Yusuf) (taxminan 1020/21, Bolosogʻun 
— ?) — turkigoʻy shoir, mutafakkir, davlat arbobi. "Qutadgʻu bilig" dostoni 
muallifi. Uning hayoti va faoliyati haqida maʼlumotlar beruvchi yagona manba ham 
"Qutadgʻu bilig" kitobidir. Ushbu kitobga koʻra, u zamonasining barcha asosiy 
ilmlarini atroflicha oʻrgangan, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Mahmud 
Koshgʻariy kabi turkiy tilning mavqeini oshirish, uning madaniyadabiy hayotdan 
oʻziga munosib oʻrin egallashi uchun kurashgan. 

Yüklə 379,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin