2-soat reja: Jamiyat haqidagi falsafiy ta’limotlar tarixi. Jamiyat paydo bo‘lishining ilmiy, iqtisodiy asoslari



Yüklə 59,25 Kb.
səhifə1/10
tarix19.12.2023
ölçüsü59,25 Kb.
#184760
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-mavzu


3-MAVZU. JAMIYAT FALSAFASI VA INSON BORLIG‘I.
(2-SOAT)
Reja:
1.Jamiyat haqidagi falsafiy ta’limotlar tarixi. Jamiyat paydo bo‘lishining ilmiy, iqtisodiy asoslari.
2.Sivilizatsiya tushunchasi va uning tiplari
3.Ommaviy madaniyatning shakllanish tarixi.
4.Hayotning ma’nosi va unda insonning vazifasi.
Jamiyat tushunchasi. Jamiyat fanga ma’lum tizimlar orasida eng murakkabi bo‘lib, uni o‘rganish jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi. Jamiyat hayoti juda faol bo‘lib, har bir xalq o‘zining alohida, betakror tarixiga ega. Jamiyat hayotining barcha jarayonlari bir-biri bilan shu darajada uzviy bog‘liqki, ba’zan turli vaziyatlarda belgilovchi va belgilanuvchi jarayonlar o‘rin almashadi. Tarixiy jarayonda tasodiflar va sub’ektiv omil ayniqsa muhim rol o‘ynaydi.
Jamiyat hayoti asrlar osha olimlar va faylasuflarning tadqiqot ob’ekti bo‘lib kelamoqda. U turli fanlar, chunonchi: sotsiologiya, tarix, siyosatshunoslik, huquqshunoslik, etnografiya, iqtisodiy nazariya va hokazolar doirasida o‘rganiladi. Fanning vazifasi - jamiyat tuzilishini o‘rganish, tarixiy jarayonda takrorlanuvchi, umumiy xossalar, jihatlar, omillar va qonuniyatlarni aniqlashdan iborat. Ilmiy bilim tarixiy jarayondan taqqoslab bo‘lmaydigan darajada qashshoqroq bo‘lsa-da, u jamiyatga zarur, chunki uning haqiqiy tarixini o‘rganish, uning o‘tmishda va hozirgi davrda rivojlanishining muqobil imkoniyatlarini aniqlash, bugungi kunning muhim vazifalarini hamda hozirgi zamon va kelajakka ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini belgilash imkonini beradi.
Madaniy-tarixiy tiplar g‘oyasi. XIX asrda madaniy-tarixiy tiplar nazariyasi vujudga kelgshan bo‘lsada, aslida bu haqdagi dastlabki qarashlar Forobiy ijodiga mansub. Forobiy insonlar jamiyatining ikki madaniy- tarixiy tiplarga ajratadi: Birinchisi to‘liq jamiyat bo‘lib, u o‘zida a) er yuzidagi jami insonlarni qamrab oluvchi yirik jamiyat, b) Erning muayyan qismida yashovchi bir millat yoki bir dinga mansub kishilarning o‘rta jamiyati v) muayyan qavm yoki dinga mansub bir shahar jamiyatini qamrab oladi. Ikkinchisi bir qishloq, ovul, yoki bir oiladan iborat bo‘lgan to‘liqsiz jamiyat. Forobiy fikricha “Eng yaxshi fazilat va oliy darajadagi komillikni kichik birligi shahar hisoblanadigan madaniy jamiyat ichidagina qo‘lga kiritish mumkin. To‘liqsiz jamiyatlar insonni takomillashtirishga qobil emaslar”. Forobiyning bu fikrlari Platon va Aristotelning jamiyatga oid qarashlaridan farq qiladi, chunki u
jamiyatdagi o‘zgarishlarni inobatga olgan. Jamiyatni to‘liq va to‘liqsizga ajratar ekan, Forobiy shahar to‘liq jamiyatning birinchi bosqichidir deb e’tirof etadi. Platon va Aristotel esa to‘liq jamiyatni shahar bilan chegaralaganlar va shahar insoniyat jamiyati takomilining oxirgi darajasi, jamoaviy baxt saodatning bosh markazi deb ta’kidlaganlar. Forobiy esa butun dunyodagi jamiyat haqida fikr yuritib, uning xukmdori qandaydir alohida olingan xalq, qavm yoki jamoa boshlig‘i emas, balki butun madaniy dunyodir deb ta’kidlaydi va bu fikri bilan yunon faylasuflaridan ilgarilab ketadi.
P.A.Sorokin. Taniqli faylasuf P.A.Sorokin (1889-1968) tarix falsafasining rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. U jamiyatga individlar va ijtimoiy guruhlarning o‘z ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyati bilan belgilanadigan bir-biri va jamiyat bilan o‘zaro munosabatlari natijasida vujudga keladigan integral yaxlitlik sifatida qaragan. P.A.Sorokin jamiyatni gorizontal, vertikal yo‘nalishlarda va fluktuatsiya (tebranish) tarzida murakkab harakatda bo‘lgan ijtimoiy-madaniy tizimlarning rang-barangligini tan olish nuqtai nazaridan tavsiflagan. P.A.Sorokin sotsiologiyasida o‘tmish va hozirgi sotsiologiya fanining muhim g‘oyalari uyg‘un birlikda jamlangan va ifodalangan.

Yüklə 59,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin