2-soat reja: Jamiyat haqidagi falsafiy ta’limotlar tarixi. Jamiyat paydo bo‘lishining ilmiy, iqtisodiy asoslari



Yüklə 59,25 Kb.
səhifə5/10
tarix19.12.2023
ölçüsü59,25 Kb.
#184760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-mavzu

Ijtimoiy psixologiya. Ijtimoiy psixologiya tushunchasida o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy bo‘lgan inson ruhiyatining namoyon bo‘lish shakllari aksini topadi. Ammo ijtimoiy psixologiya ijtimoiy ongning tarkibiy qismi sifatida kishilarning ommaviy xulq-atvori xususiyatlarini, ijtimoiy birliklar va guruhlarning ijtimoiy hayot hodisalariga bo‘lgan munosabatlarining muayyan tipini tavsiflaydi. Ular e’tiqodlar, ijtimoiy mo‘ljallar, tuyg‘ular, odatlar, stereotiplar va hokazolar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy psixologiya ruhiyat tarzini, muayyan ijtimoiy guruhga xos bo‘lgan kollektiv xulq-atvorning ruhiy xususiyatlari va shakllari barqaror majmuini ham o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy birliklar va guruhlarni tushunishda ijtimoiy fe’l-atvorni hisobga olish muhim rol o‘ynaydi.
Mafkura. Ong doim hayotning mazmuni muammolarini u yoki bu tarzda hal qiladi, ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari va istiqbollari bilan bog‘liq bo‘lgan hayotiy muhim savollarga javob beradi. Mazkur savollar mafkura doirasida qo‘yiladi va hal qilinadi. Mafkura ijtimoiy ongning tarkibiy qismi bo‘lib, ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlarining tizimga solingan, nazariy ko‘rinishda aks ettradigan va ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash yoki o‘zgartirishga xizmat qiladigan g‘oyalar, qarashlar majmuidan iborat. Mafkura mazmunini ijtimoiy rivojlanishning etilgan, muhim, dolzarb va echishni talab qiladigan ziddiyatlari tashkil etadi. SHunga muvofiq yuz berayotgan jarayonlar mazmuniga va ijtimoiy muammolarni echish yo‘llariga nisbatan alohida yondashuvni aks ettiruvchi ayrim nazariy mulohazalar yuzaga keladi. Bu mafkuraning shakli hisoblanadi. Uning mazmuni esa muayyan ijtimoiy guruh - sinf, etnik guruh, hukmron elita yoki uning muxolifati va hokazolarning manfaatlarini ifoda etishdan iborat. Mafkura shaklan ob’ektiv, lekin mazmun jihatidan sub’ektivdir. U nazariy jihatdan tizimga solingan ko‘rinishda ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlariga bo‘lgan munosabatini aks ettiradi va ularning ijtimoiy-siyosiy natijalarini nazariy jihatdan asoslash va oqlashga harakat qiladi.

Yüklə 59,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin