2-soat reja: Jamiyat haqidagi falsafiy ta’limotlar tarixi. Jamiyat paydo bo‘lishining ilmiy, iqtisodiy asoslari



Yüklə 59,25 Kb.
səhifə3/10
tarix19.12.2023
ölçüsü59,25 Kb.
#184760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-mavzu

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Axborot
Axborot va kommunikatsiya. Ma’naviy ishlab chiqarishning axborot almashinuviga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan sohalari mavjud. Bu avvalo aholiga to‘g‘ridan- to‘g‘ri axborot berish vositalaridir. Qadimda bular podsholarning farmonlarini maydonlarda o‘qib eshittirgan jarchilar, voizlar, shoirlar va baxshilar, masxarabozlar, teatr, shuningdek yozma adabiyot bo‘lgan. Keyinchalik, axborot texnika vositalari rivojlanishi bilan ma’naviy muloqotga bo‘lgan ehtiyojlar bosma nashrlar (kitoblar, gazetalar, jurnallar) bilan qondirilgan, so‘ng radio, kino, televidenie, ya’ni hozirgi ko‘rinishdagi ommaviy axborot vositalari (OAV) paydo bo‘lgan. Hozirgi sharoitda ommaviy axborot vositalari o‘z mahsulotini ishlab chiqaradigan va uni bozorda sotadigan sanoatning alohida tipidir.
Ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi odamlarning bevosita shaxsiy va kollektiv muloqotiga bo‘lgan ehtiyojga chek qo‘ymaydi. Mazkur ehtiyoj butunlay boshqa vositalar bilan va o‘zga sharoitda (uyda yoki teatrda, o‘quv auditoriyasida yoki yozishmalar orqali va h.k.) qondiriladi. SHunga qaramay ommaviy axborot vositalari hozirgi jamiyatda ma’naviy muloqotning muhim elementi hisoblanadi.
Ilmiy adabiyotlarda va kundalik nutqda «axborot» va «kommunikatsiya» tushunchalari ko‘pincha sinonimlar sifatida ishlatiladi. Ammo ma’naviy muloqotning mazkur hodisalari amalda har xil ma’noni anglatadi. Axborot deganda yangi bilimni aks ettiradigan va mazkur axborotni idrok etuvchi shaxs yoki guruh xulq-atvorini o‘zgartiradigan xabar tushuniladi. Kommunikatsiya - g‘oyalar, qarashlar, baholar almashinuvini nazarda tutadigan ma’naviy muloqot turi. U odamlar o‘rtasida hamjihatlikning mavjudligi bilan belgilanadi.
Insonga ta’lim va tarbiya berish ma’naviy ishlab chiqarishning alohida sohasi hisoblanadi. Jamiyatda ta’lim va tarbiya muassasalarining tarmoqlangan tizimi: oliy o‘quv yurtlari, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab ta’limining turli-tuman shakllari (kollejlar, pansionatlar, internatlar va sh.k.) tashkil etiladi. Axloqiy va estetik tarbiya berish, dunyoqarashni shakllantirish o‘quvchilar ongida dunyoning ilmiy manzarasini shakllantirish yo‘li bilan, shuningdek san’at, falsafa va diniy muassasalar yordamida amalga oshiriladi. Tarbiyalash funksiyasini oila, do‘stlar va tanish-bilishlar davrasi, davlat muassasalari, huquqiy tartibot organlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari bajaradi.
Ijtimoiy ong ma’naviy kichik tizimning bosh bo‘g‘ini hisoblanadi. U bilimlar, g‘oyalar, qarashlar, fikrlar, dunyoqarashga doir mo‘ljallar, qadriyatlar va hokazolarning butun rang-barangligida namoyon bo‘ladi.

Yüklə 59,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin