Gʻaznaviy somoniylar sulolasi barham topgach,
ularning Xurosondagi butun
hududini, keyinchalik Xorazm davlatini (1017) ham oʻz saltanati tarkibiga qoʻshib
olgan. Biroq Janubiy Toxariston (hozirgi Shim. Afgʻoniston)dan tashqari Shimoliy
Toxariston (hozirgi Surxondaryo viloyati va Janubiy Tojikiston) hududini ham
egallash uchun gʻaznaviylar kurash boshlaganlarida
qoraxoniylar bilan ularning
manfaatlari oʻzaro toʻqnashdi. Keskin kurashlar natijasida Chagʻoniyon va Termiz
gʻaznaviylarga boʻysundirilgan. Gʻaznaviylar bilan qoraxoniylar davlati oʻrtasidagi
chegara Amudaryo deb eʼtirof qilingan. 1024–1025-yillarda Mahmud Gʻaznaviy
Termiz yaqinida Amudaryoni kechib oʻtib, temir darvoza (Temir qopqa) orqali
Sugʻdga hujum qilgan va Samarqandgacha borgan. Bu harbiy yurishlar natijasida
Omul (Chorjo'y)gacha boʻlgan viloyatlar qoraxoniylar
hukmronligidan chiqib,
gʻaznaviylar taʼsiriga oʻtgan. Bu davrda Gʻaznaviylar davlati Sharqdagi yirik
musulmon davlatiga aylangan edi. Biroq, Mahmud Gʻaznaviyning oʻgʻli va valiahdi
Masʼud Gʻaznaviy hukmronligi davrida (1030–1041) Gʻaznaviylar davlati oʻz qoʻl
ostidagi hududlarni birin-ketin qoʻldan
chiqarib, asta-sekin tanazzulga yuz tuta
boshladi.
Gʻaznaviylar davlati tarkibidan 1-boʻlib Xorazm ajralib chiqdi. Gʻaznaviylarning
xorazmdagi noibi Oltintosh vafot etgach (1032), uning oʻgʻli Horun gʻaznaviylarga
qarshi isyon koʻtardi (1034). U saljuqiylar va qoraxoniylar bilan doʻstona
aloqa
oʻrnatib, Xorazmni gʻaznaviylardan mustaqil deb eʼlon qilgan. Bu paytda
qoraxoniylar va gʻaznaviylar oʻrtasida Chagʻoniyon,
Xuttalon, Termizni egallash
uchun yana keskin kurash boshlangan.
Dostları ilə paylaş: