2. Ismoil Somoniy maqbarasi. Ismoil Somoniy maqbarasi – Buxoro shahar madaniyat va istiroqat bog'i
hududida joylashgan ko‘hna me’moriy yodgorlik, Somoniylar davlatining asoschisi
Ismoil Somoniy va lining avlodlari maqbarasi (taxminan 864–868). Maqbara O‘rta
Osiyo me’morligi va san’ati tarixidagi dastlabki maqbara!ardan boMib, uning
tuzilishida qadimiy sugd me’morligining an’analari saqlanib qolgan buyuk
me’moriy asardir. Ismoil Somoniy maqbarasi loyihasidan tortib, hajmiy
tuzilishigacha geometrik tartib va qoida asosida yaratilganligi aniqlangan. Yozma
manbalar va rivoyatlarga kura, maqbarani Ismoil Somoniy otasi qabri ustiga
qurdirgan. Sharq tomondagi sag‘ana Ismoil Somoniy qabri (849-907) deb taxmin
etiladi.
3. Mirzo Ulug‘bek hayoti va faoliyati. Mirzo (keyinchalik Sulton) Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug‘bek
Ko‘ragon — Temuriylar davlatining hukmdori, Shohruhning o‘g‘li. Buyuk O‘zbek
astronomi (Yulduzshunos) va matematiki. Mirzo Ulug‘bek o‘n beshinchi asrning
nobig‘asi, Amir Temurning sevimli nabirasi va Shohrux Mirzoning o‘g‘li bo‘lib, asl
ismi Muhammad Tarag‘aydir. Yoshligidan uni „Ulug‘bek deya izzat qilishgan va
yosh shahzoda keyinchalik ayni shu nom bilan mashhur bolgan. Xat-savod, diniy va
dunyoviy ilmlarning asoslari yosh Muhammad Tarag‘ayga begona emas edi. U
Buyuk Yulduzbilimchisi va riyozidon bo‘lgan, Qur’on karimni yoddan bilgan.
Ulug‘bekning onasi Gavharshod begim bo‘lsa ham, Temur saroyida hukm surgan
an’anaga ko‘ra shahzoda sohibqironning katta xotini Saroymulk xonim tarbiyasiga
topshiriladi. 3-4 yoshlaridayoq shayx Orif Ozariy unga murabbiy qilib tayinlanadi.
U yoshgini ko‘pincha o‘rtasharq va hindistonda o’tkazgan bo‘lib Amir Temur
oiimidan keyin Samarqand ya’ni Koshg‘arli Mahmudga ko‘ra Samizkentda
yerlashgan. Keyinchalik Otasi Shohrux Mirzo Hirotni o‘z davlatining boshkenti
tayinlagach, o‘n-olti yoshlik Ulug'bek 1409-yilda Samarqand boshchisi bo‘lib,
1411-yilda esa Movarounnahr xonliklarining erkin hukumdori bo‘lgan.