1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi


 Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyati



Yüklə 379,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/45
tarix04.10.2023
ölçüsü379,19 Kb.
#152269
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45
11-sinf tarix javoblari

 
3. Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyati. 
Z.M.Bobur 1483-yil 14-fevraldaAndijonda tug’ilgan.Otasi Umarshayx Mirzo 
bo’lgan.Umarshayx Mirzo 1494-yilda vafot etadi hokimyat 12 yoshli Boburga 
qoladi. Bobur Samarqandga 4marta yurish qiladi. 1496,1497,1500,1511-
yillarda.Bobur 1501- yildagi mag’lubiyatidan so’ng Kobulga ketadi. 1512-yilda 
Ubaydulla sultondan mag’lub bo’lib kobulga ketadi. Kobulni o’gli Kamron Mirzoga 
qoldirib o’zi Hindistonga yurish qiladi 1526-yilda Dehlini egallaydi. 1526-yili 27-
aprelda Bobur nomiga xutba o’qiladi. Bobur 1530-yili 26-dekabrda 47 yoshida vafot 
etadi. Boburni Bog’I Oromga dafn etadi. Z.M.Bobur Mubayyin Turkiy Devon 
Boburnoma asarlarini yozadi. Boburnoma asari 1493-1529- yilgi voqealar haqida 
bayon etilgan. Boburning 510 yilligi 1993-yili keng nishonlandi. 
 
23-BILET 
1. Abruy qo‘zg‘oloni haqida ma’lumot bering. 
Abruy qoʻzgʻoloni – 6-asrning 80-yillarida mahalliy tabaqa – dehqonlarga va savdo 
aristokratiyasiga qarshi Quyi Sugʻd (hozirgi Buxoro viloyati) aholisi kambagʻal 
tabaqasining koʻtargan qoʻzgʻoloni. Qoʻzgʻolonga Abruy boshchilik qilgan. 10-
asrda yashagan Buxoro tarixchisi Narshaxiyning xabar berishicha, Buxoro aholisi 
Abruyni Boykand (Poykend) shahriga hokim qilib tayinlaydi. 
Abruy qoʻzgʻoloni dan zarar koʻrgan dehqonlar va mulkdorlarning koʻpchiligi Turk 
xoqonligi qoʻl ostidagi Taroz va Turkiston shahri larigʻa qochib borib, Turk xoqoni 
Qorachurindan qoʻzgʻolonchilarga qarshi kurashda yordam soʻraydilar. Qorachurin 
oʻgʻli Sheri Kishvar (Elbars yoki Elarslon) boshchiligida Buxoroga katta lashkar 
yuboradi. Natijada qoʻzgʻolon bostiriladi. Buxorodagi yerlar yana oʻz egalari – 
dehqonlarga qaytarib beriladi. 
 
2. Xudoyorxon saroyi haqida ma’lumot bering. 
Xudoyorxon saroyi (1863—1870) alohida o‘rin tutadi. U o‘zining bezaklari, 
naqshlari rangbarangligi, yorqin jilosi bilan ajralib turadi. Xonlikning yirik markazi 
Toshkentda XIX asming o‘rtalarida qadimiy inshootlardan Hazrati Imom 
majmuasini, 1859-yilda Baroqxon madrasasini ta’mirlash ishlari boshlanadi. Shu 


davrda Baroqxon madrasasi qarshisidagi Mo‘yi muborak madrasasining (XX asr 
boshida) qurilishi yakunlangan. Tillashayx jome masjidi singari inshootlar bunyod 
etildi. Bu vaqtga kelib Buxoro amirligi me’moriy qiyofasida ham o'zganslilar sodir 
bo‘ldi. Shahar va qishloq aholisi yashaydigan turarjoylar va mahalla guzarlaridagi 
qurilishlar joylami yanada obod va ko‘rkam qildi. Kufiy, rayhoniy, nasta ’liq yozuv 
uslublaridan binolami bezashda foydalanish davom ettirildi.Xudoyorxon saroy 
devorlaridagi xattotlik ishlarini bajarishni ikki shaxsga — Turdi Ali va Mirzo 
Mahmudlarga topshirgan. Turdi Alining xon saroyidagi nufuzi baland bo'lgan va 
ba’zi madaniy tadbirlarda xon undan maslahatlar olgan. 

Yüklə 379,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin