1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi


 Ulug‘bek rasadxonasi haqida ma’lumot bering



Yüklə 379,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/45
tarix04.10.2023
ölçüsü379,19 Kb.
#152269
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45
11-sinf tarix javoblari

2. Ulug‘bek rasadxonasi haqida ma’lumot bering. 


Ulug‘bek rasadxonasi
- Samarqanddagi XV asr me’morligining nodir 
namunalaridan biri, ko‘hna astronomik kuzatuv muassasasi. Ulug‘bek farmoyishi 
bilan 1428 — 29 yilda Ko‘xak (Cho‘ponota) tepaligida ulkan silindr shaklida 
bunyod etilgan; ayrim qo‘lyozmalarga ko‘ra, balandligi 30,4 metrdan iborat 3 qavatli 
qilib qurilgan. Unda o‘ndan ortiq turli astronomik qurilma va asboblar bulgan. 
Ulardan eng asosiysi radiusi 40,2 metrli qo‘shaloq yoydan iborat kvadrant (yoki 
sekstantga yaqin) qurilma hisoblanadi. Rasadxona o‘rta asiiarda asbob uskunasi 
jihatdan ham beqiyos bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bekning eng yirik astronomik asari "Ziji 
Ko‘ragoniy" rasadxonada yaratilgan. Uning qurilishi va keyingi ilmiy faoliyati 
Ulug‘bek taklifi bilan yig‘ilgan qator mashhur olimlar G‘iyosiddin Koshiy, 
Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va boshqa nomi bilan bog‘liq. 
Ulug‘bek rasadxonasining arxeologik qoldiqlari 1908 y. V.L. Vyatkin 
rahbarligida olib borilgan qazilma ishlari natijasida topilgan. 
 
3. Turdi Farog‘iy hayoti va ijodi. 
Turdi Farog’iy (taxminan 1640-1699/1700) Shoir XVII asrda Buxoro 
xonligida yashagan. Murakkab hayot yo’lini bosib o’tgan. Undan bizgacha hammasi 
bo’lib o’n sakkiz she’r yetib kelgan. Hajmi - 434 misra. She’rlarning o’n ikkitasi -
g’azal, beshtasi -muxammas, bittasi -fard. She’rlardan ikkitasi fors tilida, qolganlari 
o’zbekcha yozilgan. Turdi Farog'iyning she’rlarini mavzu yo’nalishiga ko’ra ishqiy-
falsafiy va ijtimoiy-siyosiy kabi ikki guruhga bo’lish mumkin. 
 
14-BILET 
1. Franklar imperiyasining tashkil topishi. 
Buyuk ko’chishlar boshlanishiga qadar german qabilalariga mansub franklar Reyn 
daryosi quyi oqimidagi hududlarda yashaganlar. Franklar gotlar va langobardlar 
kabi hayvon terisidan emas , matidan kiyim- bosh kiyishgan va soch-soqollarini olib 
yurishgan. Ularda faqat qirol oilasiga mansub kishilar uzun sochda 
yurishgan.Franklar - Quyi va Oʻrta Reyn boʻylarida milodiy 3-asrda yashagan 
qabilalar ittifoqiga birlashgan german qabilalari guruhi (xamavlar, brukterlar, 
usibetlar, tenkterlar, sugambrlar va boshqalar). Adabiyotlarda 2 guruhga boʻlingan. 
1guruh (gʻarbiy F.)ning negizini sali (dengiz boʻyi; keltcha sal — dengiz) F. i tashkil 
etgan. Ular dastlab Eysel daryosi boʻylarida, 4-asr oʻrtalarida esa Reyn daryosi 
sohillarida yashaganlar. 2guruh (sohil F.) Reyn daryosining yuqori qismi boʻylab 
Mayngacha boʻlgan hududda yashagan. Sali F.i 4 a. oʻrtasida rimliklar tomonidan 
tormor etilgan, biroq federatlar huquqida Toksandriyada krldirilgan; 451 yil 
gunnlarga qarshi Katolaun jangit qatnashganlar. 5-asr boshida sali F.i Galliyann 
Sommagacha egallaganlar. Frank davlati (5-asr oxiri — 9-asr oʻrtalari) tashkil 
topgan. Maas va Luara daryolari oraligʻida yashagan F. keyinchalik mahalliy aholi 
bilan singib ketib, shim. fransuz, shuningdek, vallon elatlari tarkibiga, Luaraning 
jan. rogʻida yashovchi F. esa, jan. fransuz (provansal) elati tarkibiga kirgan. Reyn 
daryosining quyi havzasida yashovchi F. gollandlar va flamandlarning etnogenezida 
katta rol oʻynagan. Reyn daryosining oʻrta oqimi boʻylab va Maas daryosi havzasida 


yashovchi F.da oʻziga xos etnik xususiyatlar saklanib qolgan. FRANKONIYA 
(Franken) Germaniyadagi tarixiy viloyat. Ilk oʻrta asrlarda franklar istiqomat qilgan 
hudud, 9-asr oxiri — 939 yilda Germaniya qirolligining qabilaviy gersogliklaridan 
biri, keyinchalik bir necha feodal mulklarga parchalanib ketgan. F. nomi faqat 
Sharqiy F. (Mayn daryosi xavzasi) uchun saklanib krlgan. Uning katta qismi 1803 
yilda Bavariya tarkibiga kiritilgan. 

Yüklə 379,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin