2. Buyuk Xitoy devori haqida ma’lumot bering. Buyuk xitoy devori (xitoycha "Vanli chongchang" — "10 ming li uzunliqdagi
devor"), Sin Shixuandi o‘z davlatini ko‘chmanchi xunnlarning hujumlaridan himoya
qilish uchun Shimoliy Xitoy bo‘ylab qurilganmudofaa devorini yanada
mustahkamlashni buyurgan. Devorni qurish ishlari dastlab mil. avvalgi IV asrda
boshlangan. Bu devor tarixda Buyuk Xitoy devori deb atalgan. Uning balandligi 6-
10 metr, qalinligi 5-8 metr, uzunligi esa qariyb 4000 kilometrni tashkil etadi. Qalʼa
devori sifatida dastlabki qismi miloddan avvalgi 4—3-asrlarda (tosh va gʻishtdan
ishlanib, ichini tuproq bilan toʻldirib, shibbalab) qurilgan. Miloddan avvalgi 2— 1-
asrlarda Gʻarbga tomon 500 km ga uzaytirilgan. Keyinchalik uni qurish va
mustahkamlash ishlari (eng muhimi 14—15-asrlar) davom etgan. B.Buyuk Xitoy
devori ning bal.— 6,6 m (shinaklarining devorlari bilan 8–10 m gacha), B. Buyuk
Xitoy devori meʼmoriy yodgorlik sifatida saqlanadi.
3. Mirzo Abdulqodir Bedil hayoti va ijodi. Bedil (taxallusi; asl ismi Mirzo Abdulqodir) (1644, Bengaliya, Azimobod
shahri. — 1721, Dehli) — shoir, mutafakkir. Harbiy xizmatchi oilasida tugʻilgan.
Ota-bobosi kesh (shahrisabz)lik, turkiy barlos urugʻidan. Yoshligidan turli fanlarga
qshiqqan. Shayx Kamol, shoh Fozil va Mirza Abdulqosim kabi olimlardan taʼlim
sshgan. Hindiston boʻylab koʻp sayohat qilgan, 1685 y.dan umrining oxirigacha
Dehlida yashagan. Fors tilida ijod qilgan. Arab, fors, hind, urdu tillarini mukammal
bilgan, sharq xalqlari adabiyotini, tasavvuf va yunon falsafasini, ayniqsa Aristotel
falsafasini at-roflicha oʻrgangan. 10 yoshlaridan badiiy ijod bilan shugʻullangan. 20
yoshida sheʼrlarini saralab toʻplashga kirishgan. Murakkab ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitda yashab ijod qilgan shoir oʻz davriga befarq qaramagan, hinllar va
musulmonlarning tinch-totuv yashashligini, yurtni obod, xalqni tinch-osoyishta,
farogʻatda, hamjihatliqda koʻrishni orzu qilgan. Inson erkinligi, tafakkuri haqida
falsafiy fiqolar bayon etgan. Uning falsafiy-axloqiy qarashlari tasavvuf aqidalari
taʼsirida shakllangan. Bedil dunyoqarashi tasavvufning vahdat ul-vujud taʼlimotiga
asoslanadi, yaʼni olamni Allohning koʻzgusi, inson qalbini shu koʻzguning markazi
deb biladi.