1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi


 Ulug‘bek madrasasi (Buxoro)



Yüklə 379,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/45
tarix04.10.2023
ölçüsü379,19 Kb.
#152269
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45
11-sinf tarix javoblari

 
2. Ulug‘bek madrasasi (Buxoro). 
Ulugʻbek madrasasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (1417). Markaziy Osiyoda 
saqlanib qolgan eng koʻhna madrasa. Ulugʻbek qurdirgan madrasaning eng 
qadimiysi. Abdullaxon II davrida katta taʼmir ishlari olib borilgan (1586). Bosh 
tarzida mahobatli peshtoq, 2 qanotida 2 qavatli hujralar va burchaklarida guldastalar 
joylashgan. Guldastalar tepasi qubbali qilib ishlangan. Madrasaning asosiy bezagi 
peshtogʻida boʻlib, unda sirkor gʻishtchalardan tashqari rang-barang gulli parchin va 
koshindan foydalanilgan. Ravokli peshtoqdan miyonsaroy orqali hovliga oʻgiladi. 
Miyonsaroy ichki gumbazi 12 qirrali, gʻishtdan toʻrsimon shakl qilinib, oralariga 
koʻk va havo rang koshin terilgan. Hovli (26x25 m) atrofini 2 qavatli hujralar qatori 
va peshtoqli 2 ayvon egallagan. Hovlining shim. va jan. tomonlari qisqaroq 
koʻrinishga ega boʻlib, devorlari, ravoq va peshtoqlari oq, feruza va binafsha rang 
sirkor gʻishtlar bilan pardozlangan. Hujralar ichi ganch suvokli. Madrasa (53x41,6 
m) uncha katta emas, hujralari moʻʼjaz, oʻzaro mutanosib, ichki va tashqi tuzilishi 


oʻziga xos. Masjid (15,5*5,5 m) va darsxona (5,5x5,5 m) gumbazli, miyonsaroyning 
2 yon tomonida joylashgan. Miyonsaroyning 2qavatida kutubxona bor. Xoja Saʼd 
Joʻyboriy tomonidan tashqi pesh togʻi va yonlaridagi hujralar taʼmir etilib (1586), 
peshtoq bezagida mayda yozuvli va naqshli koshin ishlatilgan. Hovli gʻarbidagi 
hujra tepasida ganchkori bezaklar orasida taʼmirlovchi usta Ismoil ibn Tohir ibn 
Mahmud Isfahoniy nomi saqlangan. Abdurazzoq Samarqandiyning xabar qilishicha, 
Ulugbek (1419 y. 28 noyabrda) madrasaga kelib ilm oluvchi talabalarga inʼomlar 
ulashgan. Bizgacha Ulugʻbek madrasasi ancha oʻzgargan holda yetib kelgan. 16—
17-asrlarda, 1950—70 va 1990—96 yillarda taʼmirlangan. Naqshlarida 
yulduzsimon bezaklar koʻp. Ayvon ustunlari zarhallangan. Eshik tabaqalariga arab 
tilida "Bilim olish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir", degan ibora oʻyib 
yozilgan. 

Yüklə 379,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin