1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi



Yüklə 379,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/45
tarix04.10.2023
ölçüsü379,19 Kb.
#152269
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
11-sinf tarix javoblari

 
30-BILET 
1. Amir Temurning Movarounnahrni egallashi.
14-asr oʻrtalarida barlos beki oʻgʻli Temur Taragʻay buyuk siyosiy arbob 
sifatida tarix sahnasida namoyon boʻladi. Nufuzli turk amiri Qazagʻon nabirasi — 


Samarqand hukmdori Xusayn bilan ittifoqchilikda Temur Movarounnahrni 
birlashtirish va uni moʻgʻil bosqinidan ozod qilish uchun kurash boshlaydi. Biroq 
koʻp oʻtmay ular oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashadi. 1370 yili Amir Temur 
Xusayn qoʻshinini tor-mor qilgach, Movarounnahr amiri deb eʼlon qilinadi. 1372—
1388 yillar davomida Amir Temur Xorazmga besh marta yurish qiladi va uning 
oʻziga toʻla tobe boʻlishiga erishadi. Shundan soʻng u Eron, Iroq, Kavkaz, Suriya, 
turkiyaga harbiy yurishlarni boshlaydi. Natijada ulkan imperiya barpo etiladi. 
 
2. Buxoro arki haqida ma’lumot bering. 
Buxoro arki — Buxorodagi qadimiy shaharsozlik yodgorligi. Ark dastlab milloddan 
avvalgi 1-asrda qurilgan. Arablar istilosiga qadar arkda shahar hokimlari — 
buxorxudotlar yashagan. Somoniylar davrida (9— 10-asrlar) qayta qurilib devor va 
burjlar bilan mustahkamlangan. Qoraxoniylar davrida (11—12-asrlar) va mo‘g‘ullar 
bosqinchiligi vaqtida (13-asr) ark bir necha bor vayron qilingan.Hozirgi qiyofasi 
asosan Shayboniylar sulolasi davri (16-asr)da shakllangan. Buxoroning 2500 yilligi 
munosabati bilan ark ichkarisidagi taxt joylashgan hovli ta’mirlanib, o‘z holiga 
keltirildi. Ark devorlari yangilandi. "Go‘riyon" darvozasi qayta tiklandi va boshqa 
obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yer sathidan 2,5–3 m chuqurlikda 
gumbazsimon yer osti yo‘li borligi aniqlandi. Arkda Buxoro davlat me’moriy-badiiy 
muzey qo‘riqxonasi joylashgan. 
 
3. Abdulla Avloniy hayoti va faoliyati. 
Abdulla Avloniy
1878-yil Toshkent shahrida hunarmandlar oilasida 
tug‘ilgan. U maktab va madrasada ta’lim olib, o‘z zamonining ma’rifatli va chuqur 
bilim sohibiga aylandi. Abdulla Avloniy o‘lkada ta’lim, matbuot, teatr sohalarining 
rivojlanishiga katta hissa qo‘shib, 1907-yil “Shuhrat” gazetasi asos soldi. O‘zi 
tashkil qilgan yangi usul maktabi uchun “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, 
“Turkiy guliston” yoxud “Axloq” darsliklarini yaratgan. 

Yüklə 379,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin