25-BILET 1. Buxoro xonligini tashkil topishi. Muhammad Shayboniyxonning o‘limidan so‘ng taxtga bevosita uning
avlodlari emas, amakisi Ko‘chkunchi Sulton o‘tqazilgan. To‘g‘ri, XVI asrning 40-
yillaridan so‘ng bu urfodatga rioya etilmay qo‘yilgan. Ko‘chkunchixondan so‘ng esa
taxtga uning o‘g‘li Abu Said (1530 —1533) o‘tirdi. Undan keyin esa hukmdorlik
Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o‘g‘li Ubaydullaxon (1533 —1540)
qo‘liga o‘tdi. Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko‘chirtirdi.
Ubaydullaxon Buxoroga ota meros mulk deb qarar edi, chunki Shayboniyxon
hayotligidayoq Buxoro hokimligini ukasi Mahmud Sulton (Ubaydullaxonning
otasi)ga bergan edi. Shu tariqa, shayboniylarning Movarounnahrda tashkil etgan
davlati endilikda rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb ataladigan bo‘ldi.
2. Go‘ri Amir maqbarasi. Samarqanddagi me’moriy yodgorlik. Xalq orasida Go‘ri Amir yoki Go‘ri Mir (Mir
Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi. Maqbaraga temuriylar sulolasiga mansub
kishilar (Amir Temur, uning piri Mir Sayyid Baraka, o‘g‘illari Umar-shayx,
Mironshoh va Shohrux, nabiralari Muhammad Sulton, Ulugʻbek va b.) dafn etilgan.
Boburning ta’kidlashicha, dastlab Temurning nabirasi Muhammad Sulton Mirzo
Samarqand qal’asi jan.da Toshqo‘rg‘on — chaqarda Madrasa qurdirgan.
Muhammad Sulton halok bo‘lgach (1403), Amir Temur uning xotirasiga maqbara
qurish haqida farmon berdi. Maqbara Madrasa hovlisining to‘riga bunyod etilgan.
Bizgacha, asosan, peshtoqli darvozasi bor hovli va maqbara binosi saqlangan.
Arxeologik tadqiqotlar natijasida maqbara hovlisining ikki yonidan Muhammad
Sulton qurdirgan Madrasa va xonaqoh qoddiqlari topilgan. Madrasa va xonaqoh
chorsi hovlining sharqiy va g‘arbiy tomonlarini egalla-gan. Hovlining jan.da
gumbazli maqbara joylashgan. Maqbaraga jan. dan, Ulug‘bek qurdirgan dalon
(1424) orqali kiriladi. Maqbaraning chortoq tarhli ziyorat-xonasi baland toqi —
ravoqli, tepa-si yozuv hoshiyalari va ichki gumbaz bilan qoplangan. Tashki gumbazi
64 qobirg‘ali, baland poygumbaz (diametri — 15 m, bal. 12,5 m)ga o‘rnatilgan.