2. Sherg‘ozixon madrasasi. Sherg‘ozixon madrasasi — XVIII asrning birinchi yarmi. Bu madrasa Xorazmdagi
o‘quv muassasalari orasida eng ko‘hnasidir. Uni Xiva xoni Sherg‘ozixon 1719 yili
Mashhadga muvaffaqiyatli safar qilgandan so‘ng ana shu g‘olibona safar sharafiga
qurdirgan. Madrasa binosi bizning davrimizgacha asl holicha to‘la yetib kelmagan.
Yillar mobaynida nurab, yaroqsiz holga kelib qolgan. Mazkur madrasa o‘z davrida
yirik bilim o‘chog‘i bo‘lib, unda ko‘plab tolibi ilmlar tahsil olganlar. Jumladan,
turkman xalqining mutasavvif shoiri Maxtumquli ham mana shu bilim dargohida
ta'lim olgan.
3. Mohlaroyim – Nodira hayoti va ijodi. Nodira (taxallusi; ismi Mohlaroyim) (1792, Andijon — 1842, Qoʻqon) — shoira,
maʼrifatparvar va davlat arbobi. "Komila" va "Maknuna" taxalluslari bilan ham
sheʼrlar yozgan. Otasi Andijon hokimi Rahmonqulbiy — ming qabilasidan,
Fargʻona hukmdori Olimxonning togʻasi. Olimxon ukasi Umarxonga Margʻilon
hokimligini beradi va uni 1807-yilda Nodiraga uylantiradi. Nodira shu xonadonda
sheʼr yozishni mashq qiladi, shoira Uvaysiy bilan tanishadi, uni muallima sifatida
saroyga taklif etadi. Nodiraning turmush yoʻldoshi Amir Umarxon ham Amiriy
taxallusida ijod qilgan. 1810-yilda akasi Olimxon oʻrniga taxtga chiqqan Umarxon
bilan Qoʻqonga keladi. 1822-yil Umarxonning fojeali vafotidan soʻng oʻgʻli
Maʼdalixon bilan birga Qoʻqon xonligini boshqaradi. Madrasa, masjid,
karvonsaroylar qurdiradi. Ilm ahliga rahnamolik, faqirlarga homiylik qiladi. 1842-
yil Buxoro xoni Amir Nasrulloh tomonidan qatl etiladi.
Uning 10000 misraga yaqin asari yetib kelgan. Gʻazal, muxammas, ruboiy, fard kabi
koʻplab janrlardan faol foydalangan. Sheʼrlarida Navoiy, Fuzuliy, Bedil anʼanalarini
davom ettirgan. Nodira gʻazallarida firoq, dard iztiroblari samimiy bayon qilingan.