Mil. avv. 329-yil da yunon-makedon qo‘shinlari Maroqandani egalladilar. Ularga
qarshi qo‘zg‘olonga Spitaman boshchilik qildi. Ancha qo‘shin to‘plagan Spitamаn
Maroqandani qamal qildi. Aleksandr qamalda qolganlarga
yordamga uch mingga
yaqin
jangchidan iborat qo‘shin jo‘natadi. Qadimda «Politimet» deb atalgan Zarafshon
daryosi
bo‘yida makedonlarga pistirma qo‘ygan Spitaman dushman guruhini tamomila qirib
tashlaydi. Shunda Aleksandrning o‘zi qo‘zg‘olonni bostirishga otlanadi.
Yunonlarning kata kuchlari yaqinlashib kelayotganidan
xabar topgan Spitaman
qamalni to‘xtatadi va o‘z qo‘shinlarini sahro sari boshlab ketadi.
Dostları ilə paylaş: