1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi


 Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va faoliyati



Yüklə 379,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/45
tarix04.10.2023
ölçüsü379,19 Kb.
#152269
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
11-sinf tarix javoblari

 
3. Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va faoliyati. 
Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875 Samarqand – 1919.25.3, Qarshi) - dramaturg, 
publitsist, din vajamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri. Yassaviy 
avlodidan. 18 yoshidan qozixonada mirzalik qiladi, qozi, mufti darajasiga 
ko4tariladi. Behbudiy haj safarida bo‘lgan chog‘ida Arabiston, Misr, Turkiyani 
kezib chiqqan (1899—1900). Sayohat davomida yangi maktab (usuli jadid) ochish 
fikri mustahkamlanib bordi. Samarqand yakinidagi Halvoyi qishlog‘ida Ajziy, 
Rajabaminda Abdulqodir Shakuriylar bilan hamkorlikda yangi maktab ochadi. 
Behbudiy Qozon va Ufaga borib (1903.04), u yerdagi yangi usul maktablari bilan 
tanishadi, tatar ziyolilari bilan aloqani yo‘lga qo‘yadi. Yangi maktablar uchun 
darsliklar tuzishga kirishadi, „Risolai asbobi savod” („Savod chiqarish kitobi”, 
1904), „Risolai jug‘rofiyai umroniy”, („Aholi geograflyasiga kirish”, 1905), 
“Muntaxabi jug‘roflyai umumiy” („Qiskacha umumiy geografiya”, 1906), „Kitobat 
ulatfol” (,,Bolalar xati”, 1908), “Amaliyoti islom” ( 1908), “Tarixi islom” (1909) 
kabi kitoblar chop ettiradi. Keyinchalik (1908 yilda) Shakuriynilig Rajabamindagi 
maktabini Samarqanddagi o‘z hovlisiga ko‘chirib keltiradi. Behbudiy 1911 yilda 
„Padarkush” dramasini yozdi. Bu birinchi o‘zbek dramasi edi. 
 
28-BILET 
1. BMTning tashkil topishi. 
1945-yilning avgust oyi...Ikkinchi jahon urushi hamon davom etmoqda edi. 
AQSH dunyoga o‘z kuch-qudratini namoyish etish maqsadida 6- va 9-avgust kunlari 
Yaponiyaning Xirosima hamda Nagasaki shaharlariga eng dahshatli qurol – atom 
bombasi tashladi. O‘zining bu harakatini Yaponiyani tezroq taslim bo‘lishga majbur 


etish bahonasi bilan oqlashga urindi. Davlat arboblari bundan keyin jahon urushi 
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yer yuzida mustahkam tinchlik o‘rnatishda 
xizmat qiluvchi xalqaro tashkilot tuzishga ahd qildilar. Bunday xalqaro tashkilot 
tuzildi. U Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) deb ataldi. Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti 1945-yilning 24-oktabrida tuzildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
asosiy maqsadlari quyidagilar ekanligi belgilab qo‘yildi: 
– butun dunyoda tinchlikni ta’minlash; 
– dunyo xalqlari o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini rivojlantirish; 
– dunyoda ocharchilik, kasallik va savodsizlikni tugatish borasida birgalikda 
harakat qilish; 
– ekologiya halokatining oldini olish; 
– inson huquqlari va erkinliklariga hurmat bilan qarashni rag‘batlantirish. 
Dunyoning qaysi bir burchagida bo‘lmasin, umumiy tinchlikni xavf ostiga 
qo‘yadigan vaziyat yuzaga kelsa, BMT uni muhokama qiladi va tinchlikni saqlab 
qolish uchun zarur choralarni ko‘radi. Hozirgi kunda dunyoning 200 ga yaqin davlati 
BMT a’zosidir. Mana, Ikkinchi jahon urushidan keyin o‘tgan yillar davomida BMT 
Yer yuzida mustahkam tinchlik ishi uchun kurashib kelmoqda. 

Yüklə 379,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin