qatnashchisi (1941 yil noyabr – 1942). Oʻzbekiston KP Samarqand viloyat komiteti
kotibi (1944–47), "Kizil Oʻzbekiston" gazeta muharriri (1947– 49), Oʻzbekiston
Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1949–50). Oʻzbekiston Oliy Soveti
Prezidiumi raisi (195059). Oʻzbekiston KP MK 1kotibi (1959 83). KPSS MK
Siyosiy byurosi (Prezidiumi) aʼzoligiga nomzod (1961–83). 2
marta Mehnat
Qaxramoni (1974, 1977).
Rashidov adabiyotga shoir sifatida kirib keldi va 1yirik asari – "Chegarachi" dostoni
1937 yilda nashr qilindi. Fashizmga qarshi kurash tuygʻulari bilan sugorilgan
"Qaxrim" sheʼrlar toʻplami 1945 yilda chop etildi.
Rashidov davrning muhim
hisoblangan muammolaridan biri – qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish mavzuida
"Gʻoliblar" qissasini (1953) yozdi. Ikkinchi jahon urushi
yillarida front orqasida
qahramonona mehnat qilgan xalq hayotiga bagʻishlangan "Boʻrondan kuchli"
(1958) va "Qudratli toʻlqin" (1964), "Gʻoliblar" (1972) romanlarini yaratdi.
Rashidov xalq va mamlakat hayotida roʻy bergan voqealarni davlat va partiya arbobi
sifatida mushohada etib, adabiyotning badiiylik mezonlaridan koʻra gʻoyaviylik
tamoyiliga koʻproq eʼtibor berdi. Hind xalq afsonasi asosida yozilgan "Kashmir
qoʻshigʻi" lirik qissasi (1956) Rashidov ijodida alohida oʻrinni egallaydi.
Rashidov respublikaga rahbarlik qilgan yillarda qator
bunyodkorlik ishlari bilan
birga qishloq xoʻjaligi yerlaridan ekstensiv foydalanish oqibatida ekologik
vaziyatning buzilishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi kabi noxush holatlar
ham yuz berdi. Rashidov vafotidan soʻng Markaz tomonidan
totalitar tuzumning
barcha kirdikorlari unga yuklanib, 80-yillar qatagʻonida nohaq qoralandi.
Dostları ilə paylaş: