1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi


“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” memorial majmuasi haqida ma’lumot



Yüklə 379,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/45
tarix04.10.2023
ölçüsü379,19 Kb.
#152269
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45
11-sinf tarix javoblari

 
2. “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” memorial majmuasi haqida ma’lumot 
bering. 
Vatan ozodligi yo‘lida halok bo‘lganlarning nomi hech qachon unutilmaydi. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach ularning qutlug‘ nomlari, sha’nlari to‘la 
tiklandi. Bu ishga shaxsan Yurtboshimiz Islom Karimov rahbarlik qildi. U kishining 
tashabbusi bilan 2000-yilda Toshkentda «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuyi 
bunyod etildi. 
2002-yilda esa shu majmuaning tarkibiy qismi sifatida, «Qatag‘on qurbonlari 
xotirasi» muzeyi barpo etildi. Shu tariqa Vatan ozodligi yo‘lida halok bo‘lganlar 
xotirasi abadiylashtirildi. 
 
3. Abu Rayhon Beruniy hayoti va faoliyati. 
Abu Rayhon Beruniy
Muhammad ibn Ahmad 973-yil 4-sentabrda Katda, 
Xorazm, – 11-dekabr, 1048, G‘azna) — XI asr qomusiy olimi. Turkistonlik ulug‘ 
alloma abu Rayhon Beruniy ota- onasidan juda yosh yetim qolgan va lroqiylar 
xonadonida tarbiyalangan. Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan 
fanlar — astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya edi. 
Bag‘dodda tashkil topgan „Donishmandlik uyi nomli o‘sha davrning fanlar 
akademiyasida O‘rta Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Farg‘oniy, Habash Xasib
Marvaridiy kabi olimlar turli sohalarda ish olib borganlar. Beruniy ham shu 
„Donishmandlik uyining a’zosi bo‘lib. U yerda 7 yil ishlagan. 
 
18-BILET 
1. “Anqara jangi” haqida ma’lumot bering. 
Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo‘shinlari o‘rtasidagi hal qiluvchi jang 1402-yil 
20-iyulda Anqara yaqinida, Chubuq mavzeyida sodir bo‘ladi. Bu jang tarixda 
“Anqara jangi” deb ataladi. Uzoq davom etgan shiddatli jangda Sohibqiron kuchlari 
turk qo‘shinini tor-mor etadi. Sulton Boyazid asirga olinadi. Boyazid ustidan 
qozonilgan buyuk g‘alaba bilan Amir Temurni Fransiya, Angliya hamda Kastiliya 
va Leon qirollari tabriklab, unga o‘z muboraknomalarini yuboradilar. Chunki 
Sohibqiron endigina uyg‘onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli 
turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi. 

Yüklə 379,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin