asari hamda «Manofeʼul-inson» nomli tibbiyotga oid risolasi yetib kelgan.
«Manofeʼul-inson»da 120 dan ortiq xastalik, uni davolash haqida maʼlumot
berilgan. «Shajarayi tarokima» (1661) turkman xalqi ajdodlari, «Shajarayi turk»
(1663-64) oʻzbek urugʻlari haqida. «Shajarai turk» toʻqqiz bobdan iborat.
Tarixiy
voqealar badiiy boʻyoqlar, hayotiy lavhalar orqali tasvirlangan.
16-BILET
1. “Loy jangi” haqida ma’lumot bering.
Loy jangi — Amir Temur va amir Husayn ibn Musallabning Jeta
(Moʻgʻuliston) xoni Ilyosxoʻjaga qarshi jangi (Nizomiddin Shomiyning
"Zafarnoma"siga koʻra 1360 y. 16 iyunda, Sharafiddin Ali Yazdiynit "Zafar-
noma"siga binoan esa 1365 y. 22 mayda boʻlib oʻtgan). 1361 y. Amir Temur va amir
Husayn moʻgʻullar istilosiga qarshi bosh koʻtarib, 3
yil davom etgan janglardan
soʻng , nihoyat 1364 y. oxirida ularni Movarounnahr hududidan quvib chiqarishga
muvaffaq boʻlishadi. Biroq, 1364 y. bahorida Ilyosxoʻja Movarounnahrga katta
qoʻshin bilan yurish qiladi. Shunda Amir Temur va amir Husayn Toshkent bilan
Chinos oraligʻida, Chirchiq daryosi boʻyida unga qarshi lashkar toʻplaydi. Ilyosxoʻja
Konibodom tomonidan
ularga yaqinlashib kelgach, ikki taraf lashkarlari qarama-
qarshi saf tortadi. Amir Husayn qoʻshinning barangʻarshta, uning qunbuliga esa arlot
qabilasidan Tilonchi, hirovuliga Oʻljaytu qoʻmondonlik qiladi. Juvangʻarta Amir
Temur, uning qunbuliga qipchoq qavmidan Sori Bugʻo, hirovuliga Temir Xoʻja
Oʻgʻlon bosh boʻladi. Gʻulyaa Joku, Sayfuddin, Murod, Abbos Bahodir kabi atoqli
amir va beklar jangga hozir turadi. Amir Temur va amir Husaynning birlashgan bu
qoʻshini son jihatdan dushman lashkaridan ancha koʻp edi.
Sharafiddin Ali
Yazdiyning yozishicha, shunda Ilyosxoʻja halol jangda gʻolib kelolmasligini
payqab, bir hiyla ishlatadi: yadachi yada toshi yordamida kuchli jala yogʻdiradi.
Natijada
jang maydoni loylanib, Amir Temur va amir Husayn qoʻshini mushkul
ahvolda qoladi, kiyim-kechak, qurol-yarogʻlar
shu darajada namiqib ketadiki,
otliqning ham, piyodaning ham qimirlashga majoli yetmaydi (shu bois bu jang
tarixda J. l. nomi bilan mashhur).
Dostları ilə paylaş: