1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi


 Sherdor madrasasi haqida ma’lumot bering



Yüklə 379,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/45
tarix04.10.2023
ölçüsü379,19 Kb.
#152269
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45
11-sinf tarix javoblari

 
2. Sherdor madrasasi haqida ma’lumot bering. 
Samarqandning Registon maydoni
da 3 Madrasa (Ulug‘bek madrasasi, 
Tillakori Madrasasi, Sherdor Madrasasi) dan iborat me’moriy majmua. Dastlab 
Ulug‘bek madrasasi (1417—1420 yillar) bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga – 


maydon sharqiga Ulug‘bek xonaqohi (1424 y), shimolga Mirzoyi karvonsaroyi, 
janubga Alika Ko‘kaldosh Juma masjidi (1430 y) qurdirgan, yonida esa yog’ochdan 
xotamkori uslubida masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan. XV asrning 20-
yillarida Registon hashamatli me’moriy ansamblga aylangan. XVII asrda 
Samarqand hokimi Yalangto‘sh Bahodir vayrona holatdagi Ulug‘bek xonaqohi 
o‘rniga Sherdor Madrasa (1619—1635/36)ni, Mirzoyi karvonsaroyi о‘rniga 
Tillakori madrasa masjidi (1646/47— 1659/60)ni qurdirgan. Registon ansambli 
o‘zining rang-barang koshinkori bezaklari; naqshinkori peshtoqlari, ulkan 
gumbazlari bilan O‘rta Osiyo me’morchligining noyob yodgorligi hisoblanadi. 
 
3. Imom Buxoriyning hayoti va faoliyati. 
Imom al-Buxoriy
(asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al Buxoriy) 
(810.21.7, Buxoro – 870.31.8, Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog‘i) – islom 
olamining yirik mutafakkiri, buyuk fors muhaddis. Muhaddislar imomi, hadis 
ilmining sultoni deb ham yuritiladi. Otasi Ismoil o‘z davrining yetuk 
muhaddislarida. Buxoriy yaratgan “Kitob alfavoid” (“Foydali ashyolar haqida 
kitob"), "Al-Jomi’ alkabiyr" ("Katta tayanch"), "Xalq afol alibod", ("Alloh bandalari 
ishlarining tabiati"), "Al-Musnad alkabiyr" ("Katta tayanch"), "Attafsir alkabiyr" 
("Katta tafsir"), "Kitob alxiba" ("Xayrehson haqida kitob") va boshqa asarlarning 
ba’zilari bizgacha yetib kelmagan, ba’zilari jahonning turli mamlakatlari 
kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida ma’lumotlar bor. Buxoriyning boshqa 
asarlari orasida "Tafsir al-Qur’on" ("Qur’on tafsiri") kitobini ham alohida ta’kidlash 
kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha Madrasa va dorilfununlarida 
payg‘ambar (as) sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik, qо‘llanma hisoblanadi. 

Yüklə 379,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin