1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi


 Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi



Yüklə 379,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/45
tarix04.10.2023
ölçüsü379,19 Kb.
#152269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
11-sinf tarix javoblari

3. Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi. 
Abdulla Qodiriy (asosiy taxalluslari: Qodiriy, Julqunboy) (1894.4.10-Toshkent-
1938.10.4) – XX a. yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, oʻzbek 
romanchiligining asoschisi; 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning 
faol ishtirokchisi. Bogʻbon oilasida tugʻilgan. Otasi Qodirbobo (1820–1924) xon, 
beklar qoʻlida sarbozlik qilgan, rus bosqini paytida (1865) Toshkent mudofaasida 
qatnashgan. Otasi boshidan oʻtgan sarguzashtlar Abdulla Qodiriyning qator asarlari, 
xususan tarixiy romanlarining yuzaga kelishida muhim rol oʻynagan. Abdulla 
Qodiriy musulmon maktabida (1904–06), rus-tuzem maktabida (1908–12), 
Abulqosim shayx madrasasida (1916–17) taʼlim oldi; Moskvadagi adabiyot kursida 
(1925–26) oʻqidi. Yoshligidanoq qadimgi Sharq madaniyati va adabiyoti ruhida 
tarbiya topgan; arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. Jahon adabiyotini ixlos bilan 
mutolaa qilgan. Oilasi kambagʻallashganligi sababli bolalikdan mustaqil mehnat qila 
boshladi, turli kasblarni egalladi, mahalliy savdogarlarga kotiblik va gumashtalik 
qildi (1907–15). 1917-yil Oktyabr davlat toʻntarishidan soʻng Eski shahar ozuqa 
qoʻmitasining sarkotibi (1918), „Oziq ishlari“ gazetasining muharriri (1919), 


Kasabalar shoʻrosining sarkotibi (1920), „Mushtum“ jurnalining tashkilotchilaridan 
va tahrir hayʼati aʼzosi (1923–26). 
 
4-BILET 
1. Buxoro amirligining tashkil topishi. 
Buxoroda 1711-1747 yillarda Abdulfayzxon nomigagina xon edi. Mamlakatni 
boshqarish Muhammad Xakimbiy otaliq qo`lida bo`ldi. 1747 yilda Abdulfayzxon 
bir guruh fitnachilar tomonidan o`ldirildi. Muhammad Xakimbiy ham tez orada 
vafot etdi. Davlat ishlari Muhammad Xakimbiyning o`g’li Muhammad Rahimbiy 
qo`liga o`tdi. Muhammad Rahg’imbiy 1573 yilda Buxoro taxtini egalladi. U o`ziga 
qarshi isyon ko`targan Shahrisabz, Urgut, Jizzax, O`rtepa, Xo`jand, Toshkent va 
boshqa bekliklarda 
mavqeini mustahkamlab olgach
, o`zini amir deb e`lon qildi. Shu 
tariqa, Buxoroda mang’itlar sulolasi xukmronligi (1753-1920) qaror topdi. Shundan 
e`tiboran poytaxti Buxoro bo`lgan davlat Buxoro amirligi deb atala boshlandi. 
Muhammad Rahim hukmronligini beklik-viloyatlardagi boshqa qavmlardan bo'lgan 
hokimlar tan olmadilar. Amir mang'itlarga tayanib hokimiyatni markazlashtirishga 
intildi. Barcha qabilalarning hukmdorlarini Buxoroga yig'ib, ulardan markaziy 
hokimiyatga bo'ysunishni 
talab qildi
, aks holda qattiq jazolanishi haqida 
ogohlantirdi. Viloyatlardagi ko'pgina hokimlar, bebosh amaldorlar 
hokimiyatdan 
chetlashtirilib
, yer-mulki tortib olinib, boshqa joylarga ko'chirildi. Ular o'rniga amir 
qabiladoshlaridan tayinlandi. Muhammad Rahim Buxoro minorasi yonidagi o'z 
qarorgohini mahsus qurilgan Arkka ko'chirdi, o'zboshimcha beklarni Arkka chaqirib 
qattiq jazoladi. Tarqoqlikni bartaraf etish maqsadida ko'pgina 
bekliklarga-
Samarqand
, Jizzax, O'ratepa, Hisor, Boysun, Shahrisabzga qarshi qonli urushlar 
qildi, ko'pgina viloyatlar vayron bo'ldi. Muhammad Rahim Nurotada istiqomat 
qiluvchi burgut qabilasi mang'itini 
bostirib
, ularning harbiy istehkomlarini buzib 
tashlab, o'zlarini Buxoro tumaniga ko'chirdi. 

Yüklə 379,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin