2. Muhammad Rahimxon madrasasi haqida ma’lumot bering. Kattaligi jihatdan Muhammad Aminxon madrasasidan keyingi o‘rinda Muhammad
Rahimxon madrasasi turadi. U qo‘ng‘irotlar sulolasiga mansub bo‘lgan Xiva xoni
Muhammad Rahim II tomonidan Ko‘hna arkning sharqiy darvozasi qarshisida
1871-yil bunyod etilgan. Muhammad Rahimxon (1847-1910) Xivaning
ma’rifatparvar xonlaridan biri bo‘lib, 1864-1910-yillarda hukmronlik qilgan,
“Feruz” taxallusi bilan she’rlar yozgan. Uning nomi bilan atalgan madrasa yozgi va
qishki masjid, darsxona, kutubxona va hujralardan iboratdir. Binoning old tomoni
ikki qavatli, qolgan tomonlari bir qavatli. Bino burchaklarida burjlar ishlangan, sirti
sirkor parchinlar bilan bezatilgan. Uning umumiy tuzilishi Xivaning boshqa
madrasalaridan biroz farq qiladi. Xushqad peshtoqning ikki yonida besh ravoqli
galereyalari bor. Darvozaxona atrofidagi 9 ta xonaning usti gumbazlar bilan
yopilgan. Binoning ichki tuzilishi ham boshqa madrasalardan biroz farq qiladi.
Hovli 76 ta bir qavatli hujralar bilan o‘ralgan, tashqi ayvonning ko‘cha tomoni past
devor bilan to‘silgan. Janubida gumbazli ayvon va boshqa qo‘shimcha xonalar bor.
Keyinroq, madrasaning old tomoniga bir qavatli savdo rastalari qatoridan iborat
hovli qurilgan. Madrasaning umumiy tuzilishi va ichki tarhi an’anaviy Xiva
madrasalari me’morchiligidan biroz farq qiladi. Uning umumiy tarhi – 62,4x49,7 m;
hovli – 28,3x28,8 m; darsxona – 5,4x5,4 m; masjid – 7,0x7,0 m; savdo qatorlari –
25,0x50,0 m; hovli – 16,9x42,5 metrni tashkil etadi. Madrasani bunyod etishda har
xil o‘lchamdagi g‘isht va toshlardan, loy, yog‘och, tunuka, sement, marmar, turli xil
qimmatbaho toshlar va shunga o‘xshash mahsulotlardan keng foydalanilgan.
Me’moriy inshoot Sharq me’morchiligining yorqin namunasi hisoblanadi. U
“Chor”, gumbazsimon uslubda bunyod etilgan. Me’moriy inshoot mustaqillikkacha
va mustaqillikdan keyin bir necha bor ta’mirlandi va u YUNESKO tashkilotining
Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. Xiva shahrining 2500 yilligi
munosabati bilan Xiva shahridagi boshqa me’moriy obidalar qatorida Muhammad
Rahimxon
madrasasi
ham
ta’mirlandi.
Me’moriy
obida
atroflari
ko‘kalamzorlashtirilgan holatga keltirildi. Madrasa afsonaviy ko‘rinishini Ichan
qal’a shahri tarixiy markazida saqlab qolgan bo‘lib, 1990-yilda Xivadagi “Ichan
qal’a” Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.