1. Biologiya fanida yangi yo‘nalishlar va boshqa fanlar bilan aloqadorligi


Genetika fani va uning rivojlanish bosqichlari



Yüklə 114,26 Kb.
səhifə8/16
tarix22.09.2023
ölçüsü114,26 Kb.
#146867
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
22 zakaz

9.Genetika fani va uning rivojlanish bosqichlari.

Ma`lumki har bir fanning tarixini insoniyat tarixidan izlash kerak. Xuddi shunday genetika fanining tarixi ham tajriba va hayot bilan bog`liq. Inson juda qadimdan yaxshi narsalardan foydalanishga intilgan: misol uchun o`simlik va chorva mollarini chatishtirib, yaxshi zot va navlar olgan. Bularni yanada takomillashtirib o`z eҳtiyojini qondirish uchun ishlatgan.


Asrimizning 2-chi yarmida naslchilik va urug`chilikda, o`simlikshunoslikda erishilgan yutuqlar irsiyat masalalarini o`rganishga katta qiziqish tug`dirdi. Genetika, seleksiya fanlarining rivojlanishida angliyalik olim Ch. Darvinning (1809-1882) organik olamning rivojlanishi to`g`risidagi evolyutsion ta`limot muhim ahamiyatga ega. Darvingacha bo`lgan davrda fan K.Linney (1707-1779) va J.Kyuve (1768-1832) ta`limoti asosida rivojlandi. Ularning ta`limotida o`lik va tirik tabiat o`zgarmas, o`simlik va hayvonlar avval qanday bo`lsa doimiy shunday bo`ladi deyilgan. Ammo oz bo`lsada Darvinga qadar ham «tabiat o`zgaradi va rivojlanadi» degan elementar g`oyalar bo`lgan. J.Batist Lamark, Jorj Byuffon, Erazm Darvin, Lomonosov, Rule va boshqalar. Lekin shunday bo`lsada, fan 18 asrda juda ko`pgina savollarga javob bera olmas edi. (Nomi genetika bo`lmasada, O`rta Osiyoda ko`pgina genetik ta`limotlar bor edi. Masalan: qaysi yoshda tug`ish, naslning qiz-o`g`illigini bilish, yaxshi nav va zotli hayvon va o`simliklar yaratish va hokazo. Suruvga qo`chqor qo`yish, yaxshi urug` ekish).
Ch. Darvinning 1859 yilda nashr etilgan «Turlarning kelib chiqishi» nomli asari bu savollarga anchagina javob beradi. Darvin bu asarida turlar doimiy o`zgarmas degan g`oyaga barham berdi. U bu asarida irsiyat va o`zgaruvchanlik tufayli tashqi sharoit ta`sirida bir necha formadagi organizmlar vujudga kelishini isbotlab berdi.
Darvin irsiyat, o`zgaruvchanlik va tanlashning (tabiiy, sun`iy) evolyutsiya faktorlari sifatidagi ahamiyatini ko`rsatib berdi.
10.Hujayra irsiyatning moddiy asosi ekanligi


Irsiyat – tirik organizmlarning o’z belgi va hususiyatlarini kelgusi avlodlarga qoldirish, ya’ni nasldan-naslga berish. xossasidir.
O’zgaruvchanlik – tirik organizmlarning tashqi va ichki omillar ta’sirida yangi, o’zgargan belgi va hususiyatlarni hosil qilishidan iborat.
O’zgaruvchanlik tufayli organizmlar ajdodlaridan hamda bir-biridan o’z belgi va hususiyatlari bilan farq qiladi. Buning natijasida Ularda xilma-xillik nomoyon bo’ladi.
Irsiyat deganda odatda organizm o’z belgilari va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi naslga o’tkazish xossasi tushuniladi. Irsiy belgilar va xususiyatlarini bir bo’g’indan keyingi bo’g’inlarga o’zgarmagan holda o’tishi hujayrada yozilgan axborotga asosan yuzaga chiqadi. Bu xususiyat hayvonlar, o’simliklar va mikroorganizmlarda avlod, tur va zot, navlarga oid belgilarni avlodda saqlanib qolishini ta’minlaydi.
Hujayra yadrosida joylashgan xromosomalar irsiyatning moddiy negizi bo’lib, avlodlar o’rtasida navbatlanishni ta’minlovchi asosiy man’ba hisoblanadi.
Genetika fa’ni biologiyaning bir qator nazariy va amaliy muammolarini hal etadi. Genetikaning hal qilishi lozim bo’lgan nazariy muammolar quyidagilardan iborat:
Irsiyatning moddiy asoslari – xromosomalar, genlar, DNK va RNK molekulalarining strukturasi va funksiyasini tekshirish.
Organizmlar belgi va hususiyatlarining kelgusi avlodlariga berilishi va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash.
Turli fizik va kimyoviy omillar ta’sirida organizmlarni irsiy o’zgaruvchanlikning paydo bo’lish qonuniyatlarini ochish.
Irsiy o’zgaruvchanlikning organizmlar evolyutsiyasidagi ahaniyatini tadqiq etish. Duragaylash metodining mohiyati chatishtirish natijasida olingan duragay
avlodlarida ota-ona belgilarining irsiylanishini o’rganishdan va uning qonuniyatlarini ochishdan iborat.

Yüklə 114,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin