40
Yana u zot sollallohu alayhi vasallam qizlarining qabri
boshida oʻtirdilar. Ikki koʻzlari esa yosh toʻkardi
1
.
U zot sollallohu alayhi vasallam oʻgʻli Ibrohim vafot
etganda yigʻlaganlar va aytganlarki: “Koʻz yosh toʻkadi, qalb
mahzun boʻladi. Lekin Robbimiz rozi boʻladigan narsanigina
gapiramiz. Allohga qasamki, ey Ibrohim, biz sen tufayli
mahzunmiz”
2
.
Tavoze’lari:
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam beva-bechoralar
bilan birga yurishdan or qilmasdilar. Ularni hojatini
chiqarardilar
3
.
U zot ham boshqalardek odam edilar. Kiyimlarini
tozalardilar, sut sogʻardilar, oʻzlariga oʻzlari xizmat qilardilar
4
.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam eski egar va toʻrt
dirham turadigan yo turmaydigan bahmal ustida haj qildilar.
Va aytdilarki
: “Ey Alloh, (bu) riyo va shon-shuhratsiz
Dostları ilə paylaş: