45
Manashu oxirgi ikki hadis tabiblar ittifoq qilgan narsaga
muvofiq keladi. Tabiblar oyning ikkinchi yarmi, yoki uchinchi
choragida qon olishni afzal sanashadi. Biroq qon olishga
ehtiyoj tugʻilib qolsa, oyning barcha kunlari olinaveradi.
1
Ismlari
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Men
Muhammadman va
men Ahmadman va men mening
sababimdan kufr oʻchiriladigan Mahiyman. Men Hashirman.
Insonlar ortimda toʻplanishadi. Va men ʻAaqibman
2
.
Hashir – toʻplovchi. Qiyomat kuni insonlar u zotning
huzurida toʻplanib, hisob kitob boshlanishini kutishadi.
Mahiy – oʻchiruvchi.
ʻ
Aqib – orqadan keluvchi. Yaʻni
u zot barcha
paygʻambarlardan keyin oxirgi paygʻambar boʻlib keladilar.
Yana bir hadisda: “Men Muhammadman, Ahmadman,
Muqaffiyman, Hashirman, Nabiyyut-tavbaman va Nabiyyur-
rohmaman”, dedilar
3
.
Muqaffiy – ortdan keluvchi. Yaʻni paygʻambarlar
soʻnggisi.
Nabiyyut-tavba – tavba paygʻambari.
1
Ibnul Qoyyim. “Zadul ma’ad”, 4/54.
2
Buxoriy, 3532. Muslim, 2354.
3
Muslim, 2355.
46
Nabiyyur-rohma – rahmat paygʻambari. U zot oʻta rahmli
va mehribon boʻlganlar. Alloh taolo ham u zotni Roʻuf va
Rohiym deb nomlagan. Ma’nosi – mehribon va rahmli.
Dostları ilə paylaş: