1 Bismillahir rohmanir rohiym Muqaddima


Ismi bilan chaqirishning haromligi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/45
tarix29.04.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#104515
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45
Muhammad mustafo vasfi

Ismi bilan chaqirishning haromligi 
Alloh taolo u zotga bergan xususiyatlaridan yana biri
ummatlariga u zotni ismi bilan chaqirishni harom qilganidir. 
Boshqa paygʻambarlarda bunday emas. Ularning ummatlari 
paygʻambarlarini ismi bilan chaqiraverishgan
1

Alloh taolo Muso alayhissalom qavmi aytgan gapni 
keltirib aytadi: “Ular: “Ey Muso, Robbingga biz uchun duo 
qil”, dedilar”
2

Boshqa bir oyatda: “Havoriylar: “Ey, Iyso ibn Maryam”, 
deyishdi”
3

Bu ummatga esa Alloh taolo quyidagicha aytgan: “(Ey 
moʻminlar), paygʻambarni chaqirishni oʻrtalaringizda bir-
birlaringizni chaqirish kabi qilmangizlar”
4

Yaʻni, u zotning ismini aytib “Ey Muhammad yoki Ey 
Abdullohning oʻgʻli”, deb chaqirmanglar. Aksincha, u zotni 
sharaflab “Ey Allohning paygʻambari, ey Allohning rosuli”, 
deb chaqiringlar
5

Jamlovchi kalimalar berilgan ekanligi 
Alloh azza va jalla Nabiyyimiz alayhissalomni jamlovchi-
keng maʻnoli soʻzlar bilan yuborgandir. Gapirsalar oʻta 
muxtasar gapirardilar. Muxtasar – soʻzlari kam, ma’nosi esa 
koʻp boʻlgan gap. Gaplarining fasohatli va balogʻatli ekanida 
1
Suyutiy. “Xosoisul kubro”, 2/324-325 
2
A’rof surasi, 134-oyat. 
3
Moida surasi, 112-oyat. 
4
Nur surasi, 63-oyat. 
5
“Tafsir Ibn Kasir”, 6/89. 


60 
butun arablardan oʻtib ketdilar
1
. Oz soʻzlasalarda pur maʻnoli 
gapirardilar
2

U zot sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Boshqa 
paygʻambarlardan olti narsa bilan afzal qilindim: 
- Menga jamlovchi kalimalar berildi. 
- Bir oylik masofadan dushmanga qoʻrquv berildi. 
- Gʻanima (oʻlja) halol qilindi. Mendan avval hech 
kimga halol boʻlmagandi. 
- Yer yuzi poklovchi va masjid qilib berildi. 
Ummatimdan qaysi bir kishiga namoz vaqti yetsa 
(oʻsha yerda) oʻqiyversin. 
- Paygʻambarlar oʻz qavmigagina joʻnatilardi. Men esa, 
barcha xalqlarga joʻnatildim. 
- Men bilan paygʻambarlik tugaydi”
3


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin