Qoʻrquv bilan qoʻllab quvvatlanganliklari
Alloh taolo Nabiyyimizni boshqa paygʻambarlardan
xoslagan jihatlaridan yana biri, dushmanlar qalbiga bir oylik
masofada turib qoʻrquv, xafvning tushushidir. Shu tariqa
Alloh taolo Nabiyyimiz sollallohu alayhi vasallamga yordam
bergan. Dushmanlar qoʻrquvdan u zotning qarshisiga
chiqishmasdi
4
.
1
“Munyatus sul fiy tafzilir rosul”, 35.
2
Ibn Hajar. “Fathul boriy”, 13/247.
3
Buxoriy, 335. Muslim, 521, 523.
4
Ibnul Asir. “Jamiul usul”, 8/530.
61
Masofaning bir oy deb aytilishi, bu masofa u zot va
dushmanlari oʻrtasidagi eng uzoq masofa boʻlgani sabablidir.
Bu xususiyat u zotda mutlaq namoyondir. Garchi askarlarsiz
yolgʻiz oʻzlari boʻlsalar ham shunday boʻlgan. Bu xususiyat u
zotdan keyin ummatlarida ham boʻladimi degan masalada
ehtimol bor
1
.
U zot sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Mendan
avvalgilarga berilmagan besh narsa menga berildi:
- Bir oylik masofadan dushmanga qoʻrquv berildi.
- Yer yuzi poklovchi va masjid qilib berildi.
Ummatimdan qaysi bir kishiga namoz vaqti yetsa
(oʻsha yerda) oʻqiyversin.
- Gʻanima (oʻlja) halol qilindi. Mendan avval hech
kimga halol boʻlmagandi.
- Shafoat berildi.
- Paygʻambarlar oʻz qavmigagina joʻnatilardi. Men esa,
barcha insonlarga joʻnatildim”
2
.
Kitoblari saqlangandir
Alloh taolo Nabiyyimiz sollallohu alayhi vasallamga
bergan xususiyatlaridan yana biri, u zotning mo’jizalaridan
hisoblangan Qurʻoni Karim qiyomatga qadar boqiy qolishidir.
Boshqa paygʻambarlarning moʻjizalari esa tugab bitgandir
3
.
1
Ibn Hajar. “Fathul boriy”, 1/437.
2
Buxoriy, 335. Muslim, 521.
3
“Munyatus sul fiy tafzilir rosul”, 35.
62
Alloh taolo aytadi: “Albatta, Zikrni Biz nozil qildik va,
Dostları ilə paylaş: |