69
U zotga va ummatiga gʻanimatning halolligi
Alloh u zot sollallohu alayhi vasallamga va ummatlariga
kofir qavmlarga gʻolib boʻlganlarida oladigan oʻljalarini halol
qilib berishligi bilan boshqa paygʻambar va ummatlaridan
xosladi
1
.
U zot sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Mendan
avvalgilarga berilmagan besh narsa menga berildi:
- Bir oylik masofadan dushmanga qoʻrquv berildi.
- Yer yuzi poklovchi va masjid qilib berildi.
Ummatimdan qaysi bir kishiga namoz vaqti yetsa
(oʻsha yerda) oʻqiyversin.
- Gʻanima (oʻlja) halol qilindi. Mendan avval hech
kimga halol boʻlmagandi.
- Shafoat berildi.
- Paygʻambarlar oʻz qavmigagina joʻnatilardi. Men esa,
barcha insonlarga joʻnatildim”
2
.
U zot sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Sizlardan avval
qora boshlilardan birortasiga oʻljalar halol boʻlmagan.
Osmondan bir olov tushib uni yer edi”. Badr kuni
musulmonlar oʻljalar ularga halol qilinmay turib tashlangan
paytlari, Alloh ushbu oyatni nozil qildi:
“
Dostları ilə paylaş: