1 Bismillahir rohmanir rohiym Muqaddima



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/45
tarix29.04.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#104515
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45
Muhammad mustafo vasfi

Kafanlash 
U zot yuvintirilgach, paxtadan boʻlgan uchta yamaniy-
sahuliy oq matoga kafanlandilar. Ularning ichida koʻylak ham, 
salla ham yoʻq edi
1

Janoza 
Chorshanba kuni u zotni tayyorlab boʻlishgach, 
uylaridagi yotoqlariga qoʻyishdi. Nabiy sollallohu alayhi 
vasallamni qayerga koʻmishni bilishmasdi. Shunda Abu Bakr 
roziyallohu anhu: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: 
“Paygʻambar faqatgina oʻlgan yeriga koʻmiladi”, deganlarini 
eshitganman”, dedilar. Shunda u zotning yotoqlarini surib 
turib, tagidan Abu Talha qabr kavladi. 
Keyin odamlar guruh-guruh boʻlib kirib u zot sollallohu 
alayhi vasallamga janoza oʻqidilar. Erkaklar oʻqib boʻlishgach, 
ayollar kirgizildi. Ayollar oʻqib boʻlishgach, bolalar kirgizildi. 
Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning janozalariga biror 
kishi imomlikka oʻtmadi
2

Koʻmish 
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam chorshanba kuni 
yarim kechasi dafn qilindilar. U zotning qabriga Aliy Ibn Abu 
Tolib, Fazl Ibn Abbos, Qusam Ibn Abbos va Shuqron 
tushishgandi
3

1
Buxoriy, 1264. Muslim, 941. 
2
Ibn Moja, 1628. “Siyrati Ibn Hishom”, 2/663. 
3
Ibn Moja, 1628. Ahmad, 24790. “Siyrati Ibn Hishom”, 2/663. 


53 
U zot sollallohu alayhi vasallam dafn qilingach, Fotima 
alayhassalom: “Ey Anas, Rosululloh sollallohu alayhi 
vasallamning ustlaridan tuproq toʻkib koʻnglingiz orom 
topdimi?!” dedi
1

Qoldirgan meroslari 
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam na dinor, na 
dirham, qoʻy ham tuya ham, choʻriyu-qullar ham meros qilib 
qoldirmadilar. Magar minadigan bir hachirlari, silohlari va 
miskinlarga sadaqa qilgan yerlari qolgandi
2

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: 
“Merosxoʻrlarim dinorni ham, dirhamni ham taqsimlab 
olishmaydi. Ayollarim nafaqasi va ishchilarimning harajatidan 
ortgani hammasi sadaqa”
3
.
Fotima Binti Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Abu 
Bakr roziyallohu anhudan u zotdan qolgan Madinadagi va 
Fadakdagi yer va Xaybar oʻljasining beshdan biri boʻlgan 
merosni soʻrab odam yubordilar. Abu Bakr dedi: “Rosululloh 
sollallohu alayhi vasallam: “Meros qoldirmaymiz. Nimaiki 
qoldirgan boʻlsak, sadaqadir. Muhammad oilasi boʻlsa bu 
moldan yeydi”, dedilar.
Yaʻni, bu Allohning moli, undan faqat yeyish uchungina 
olishlari mumkin.
1
Buxoriy, 4462. 
2
Buxoriy, 4461. Muslim, 1635. 
3
Buxoriy, 2776. Muslim, 1760. 


54 
Abu Bakr roziyallohu anhu soʻzida davom etib: “Allohga 
qasamki, Rosululloh davrlarida sadaqa holida qandoq turgan 
boʻlsa, undan biror narsani oʻzgartirmayman. Ular borasida 
faqatgina Rosululloh qilgan ishni qilaman”, dedi. Abu Bakr 
roziyallohu anhu Fotima roziyallohu anhoga biror narsa 
berishdan bosh tortdi
1
.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin