34
U zot sollallohu alayhi vasallam asrdan oldin toʻrt rakʻat
namoz oʻqirdilar. Har ikki rakʻatda muqarrab farishtalarga,
nabiylar, rosullar va ularga ergashgan moʻmin-musulmonlarga
salom berardilar
1
.
Zuho namozini toʻrt rakʻat oʻqir, unga istagancha ziyoda
qilardilar
2
.
Baʻzan Zuho namozini olti rakʻat oʻqirdilar
3
.
U zot sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Alloh
taolo
aytadi: “Ey odam bolasi! Kunning avvalida men uchun toʻrt
rakʻat namoz oʻqi, kun oxirida senga kifoya qilaman””.
Uydagi nafl namozlari:
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Oisha roziyallohu
anhoning uyida peshindan oldin toʻrt rakʻat namoz oʻqirdilar.
Keyin chiqib odamlarga peshinni oʻqib berar edilar. Keyin
uyga kirib ikki rakʻat namoz oʻqirdilar.
Odamlarga shomni oʻqib berib, uyga kirib ikki rakʻat
namoz oʻqirdilar. Xuftonni ham odamlarga oʻqib
berganlaridan keyin Oisha roziyallohu anhoning uyiga kirib
ikki rakʻat namoz oʻqirdilar. Tong otganda ham ikki rakʻat
namoz oʻqirdilar
4
.
Abdulloh Ibn Masʻud Rosululloh
sollallohu alayhi
vasallamdan “Uyda oʻqigan namozim afzalmi yoki masjidda?”
1
Termiziy, 598.
2
Muslim, 719.
3
Tabaroniy. “Avsat”, 4411.
4
Buxoriy, 1180. Muslim, 730.
35
deb soʻraydi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: “Mening
uyimni masjidga naqadar yaqin ekanini koʻrmaysanmi?
Shunga qaramay, uyimda namoz oʻqishim masjidda
oʻqiganimdan koʻra sevikliroq.
Farz namozlar bundan
mustasno”, dedilar
1
.
Dostları ilə paylaş: