1 Bismillahir rohmanir rohiym Muqaddima



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/45
tarix29.04.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#104515
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
Muhammad mustafo vasfi

 
Uygʻonishlari 
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam uyqudan 
uygʻonsalar qoʻllarini yuzlariga surib uyquni ketkazardilar
6
.
"
ُ دْمَحْلا
َُّ ّلِل
يّذَلا
ُاَناَيْحَأ
َُدْعَب
اَم
اَنَتاَمَأ
ُّهْيَلّإ َو
ُ رو شُّنلا
"
1
Termiziy, 3399. Nasaiy, 10528. Ahmad, 23244. 
2
Buxoriy, 138. Muslim, 763. 
3
Buxoriy, 1147. Muslim, 738. 
4
Buxoriy, 6456. Muslim, 2082. 
5
Buxoriy, 2468. 
6
Buxoriy, 183. Muslim, 763. 


31 
Keyin: “Alhamdulillahil-laziy ahyaanaa ba’damaa 
amaatanaa va ilayhin-nushuur”, derdilar
1

Ma’nosi: “Bizni oʻldirganidan keyin qayta tiriltirgan 
Allohga hamd boʻlsin. Qaytib borish Ungadir”. 
Keyin Oli Imron surasining oxirgi oʻn oyatini oʻqirdilar. 
Keyin osib qoʻyilgan meshga borib, goʻzal tarzda tahorat 
olardilar. Keyin turib namoz oʻqirdilar
2

Kechasi qiyomga turishlari 
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam oyoqlari ishib 
ketgunicha namozda qoim turardilar. Oisha roziyallohu anho: 
“Ey Allohning rosuli, Alloh sizning oldingi-yu keyingi 
gunohlaringizni kechirib qoʻygan boʻlsa ham shunday ish 
qilasizmi?” dedi. U zot: “Shukr qiluvchi banda 
boʻlmayinmi?” dedilar
3

U zot sollallohu alayhi vasallam kechaning avvalida uxlab, 
oxirida turardilar. Oʻn bir rakat namoz oʻqirdilar. Har ikki 
rakʻatda salom berib, oxirida bir rakʻat vitr oʻqirdilar. 
Keyin ahli oilalarida ehtiyojlari boʻlsa, uni qondirar, keyin 
yotoqlariga qaytardilar. Muazzin bomdodga azon aytganda 
sakrab turar, agar lozim boʻlsa gʻusl qilardilar. Junub 
boʻlmagan boʻlsalar namozda tahorat qilardilar-da, ikki rakʻat 
yengil namoz oʻqirdilar.
1
Buxoriy, 6314. Muslim, 2711. 
2
Buxoriy, 183. Muslim, 763. 
3
Buxoriy, 1130, 4853. Muslim, 2820. 


32 
Keyin toki muazzin kelib iqomani xabarini bermagunicha 
oʻng taraflari bilan yotardilar. Muazzin xabar qilgach 
chiqardilar
1

Kechasi namoz oʻqishga tursalar, ikki rakʻat yengil namoz 
bilan boshlardilar
2

U zot sollallohu alayhi vasallam Ramazonda ham, undan 
boshqa vaqtda ham oʻn bir rakʻat namozga ziyoda qilmas 
edilar: toʻrt rakʻat oʻqir edilar. Ularning goʻzalligiyu uzunligi 
haqida asti soʻrama. Soʻng yana toʻrt rakʻat oʻqir edilar. 
Ularning goʻzalligiyu uzunligi haqida asti soʻra! Keyin esa uch 
rakʻat oʻqir edilar
3

Vafotlariga bir yil qolguncha ham tungi namozlarini hech 
oʻtirib oʻqimasdilar. Undan keyin oʻtirib oʻqiydigan boʻldilar. 
Oʻtirgan holda qiroat qilar, qiroatlarining oxirida oʻttiz yoki 
qirq oyat qolganda turardilar va qolganini turib oʻqirdilar. 
Soʻngra rukuʻ qilar, soʻng sajda qilar edilar. Ikkinchi rak’atda 
ham shunday qilardilar
4

Biror surani qiroat qilsalar, uni tartil bilan oʻqirdilar. 
Hatto undan uzunroq boʻlgan suradan-da uzun boʻlib 
ketardi
5

1
Buxoriy, 1146, 631. Muslim, 739, 736. 
2
Muslim, 767. 
3
Buxoriy, 1147. Muslim, 738. 
4
Buxoriy, 1118. Muslim, 738. 
5
Muslim, 733. 


33 
Bir kecha qiyomda turib Qurʻondan bir oyatni takror 
qildilar
1

Baʻzi kechalari turgan holda uzun namoz oʻqirdilar, 
baʻzida oʻtirgan holda uzun namoz oʻqirdilar. Turgan oʻqigan 
namozlarida ruku’ni ham turib qilar edilar. Oʻtirib oʻqigan 
namozlarida rukuʻni ham oʻtirib qilar edilar
2

Ibn Masʻud roziyallohu anhu aytadi: “Bir kecha Nabiy 
sollallohu alayhi vasallam bilan birga namoz oʻqidim. U zot 
qiyomda turaverganidan bir yomon ish qilgim kelib ketdi”. 
Nima qilging kelib ketdi, deyildi. “Nabiy sollallohu alayhi 
vasallamni qoʻyib, oʻzim oʻtirib olgim keldi”, dedi
3

Nabiy sollallohu alayhi vasallam kasallik yoki boshqa 
biror sabab bilan tungi namozlarni oʻtkazib yuborsalar, 
kunduzi oʻn ikki rakʻat qilib oʻqib qoʻyardilar
4


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin