48
etishlarini pichirlaganlarida yigʻladim. Keyin menga pichirlab,
u zotga ergashadigan eng avvalgi ahli oilasi men ekanimni
aytganlarida kuldim”
1
.
U zot sollallohu alayhi vasallam musulmonlarni namozni
muhofaza qilishga buyurdilar. “Namozni, namozni (muhofaza
qiling). Va qoʻlingizda mulk boʻlganlarni (haqlariga rioya
qiling)”, dedilar
2
.
U zotning huzurlariga Abdurahmon Ibn Abu Bakr kirdi.
Qoʻlida misvak bor edi. Oisha boʻlsa u zot sollallohu alayhi
vasallamni tirab turgandi va unga qarayotganlarini koʻrdi. U
zot misvak qilmoqchi boʻlganlarini bilib, “Uni olib beraymi?”
dedi. U zot sollallohu alayhi vasallam boshlari bilan ishora
qilib “ha” degandilar, uni oldi. U zotning ogʻriqlari kuchayib
ketdi. Oisha roziyallohu anho: “Yumshatib beraymi?” degandi,
boshlari bilan “ha” deb ishora qildilar. Yumshatib bergandilar,
u zot sollallohu alayhi vasallam u bilan misvak qildilar.
Oldilarida bir idishda suv bor edi. U zot qoʻllarini suvga tiqib
yuzlariga surtardilar. Aytardilarki: “Allohdan oʻzga iloh yoʻq.
Albatta, oʻlimning bir mastliklari bor”. U zotning boshlari
Oishaning sonida turar, shu payt xushlaridan ketib qoldilar.
Oʻzlariga kelgach koʻzlarini uy shiftiga qaratib, qoʻllarini
koʻtardilarda:
“
Dostları ilə paylaş: