51
sollallohu alayhi vasallamni yuvish
uchun kerakli narsalarni
keltirishdi. U zotni yuvmoqchi boʻlishgach aytishdi: “Allohga
qasamki, xuddi oʻliklarimiz kiyimini yechgandek Rosululloh
sollallohu alayhi vasallamning kiyimlarini ham yechamizmi
yoki kiyimlari ustidan yuvamizmi, bilmaymiz”.
Ular
shunday tortishib turishgach, Alloh ularga uyquni
tashladi, hatto birortalari qolmay uxlab qolishdi. Keyin ularga
uy tomondan bir gapiruvchi gapirdi: “Nabiy sollallohu alayhi
vasallamni kiyimlari ustida turgan holda yuvinglar”. Ular
gapirgan kim ekanini bilishmasdi. Ular turdilarda,
Rosulullohni kiyimlari ustidan yuvdilar. Kiyimlari tepasidan
suv quyishar va u zotning koʻylaklari
bilan ishqalashar edi,
qoʻllari bilan emas.
U zotni Aliy, Abbos, Fazl Ibn Abbos, Qusam Ibn Abbos,
Usoma Ibn Zayd va u zotning ozod qilgan mavlolari Shuqron
gʻusl qildirdi. Aliy roziyallohu anhu u zotni koʻksilari tomon
suyadi. Abbos, Fazl va Qusamlar birga u zotni aylantirishardi.
Usoma Ibn Zayd bilan Shuqron ustilaridan suv quyib
turishardi. Aliy roziyallohu anhu esa u zotni yuvardi va aytardi:
“Ota – onam sizga fido, tirikligingizda ham oʻlganingizda ham
naqadar xushboʻysiz”
1
.
1
“Siyrotu Ibn Hishom”, 2/662.