Dengizlar Tinch okean bo‘ylab bir xilda tarqalmagan. Mavjud bo‘lgan dengizlarning barchasi deyarli okeanning g‘arbiy sohillariga to‘g‘ri keladi. Sharqsy kssmida Alyaska, Kaliforniya, Panama kabi qo‘ltiqlardan boshqa dengizlar yo‘q Tabiiyki, dengiz va qo‘ltiqdarning" keng tarkdlishi ksrgoq chizikdarining murakkab tuzilishiga va okean sohillarining kuchli parchalanishiga bogliq.
Tinch okeanning shimoli-g‘arbiy va g‘arbiy kssmlarida Yevrosiyo‘ materigi qirg‘oqlari bo‘ylab Bering, Oxota, Yapon, Sariq, Sharqiy Xitoy, Janubiy Xitoy dengizlari joylashgan. Ular asosiy akvatoriyadan tabiiy chegaralar vazifasini bajaruvchi Aleut, Kuril, Saxalin, Xokkaydo, Xonsyu, Kyusyu, Ryukyu, Tayvan, Filippin va Kalimantan orollar tizimi orqali ajralib turadi. Bu dengazlar va orollar tizimi bir-biri bilan Tatar, Laperuza, Sugaru, Koreya, Tayvan, Balabak, Luson kabi bo‘g‘ozlar orqali tutashgan. Ulardan tashqari okeanning g‘arbiy chekkasida Anadir, Shelixov, Lyaodun, Boxayvan, Bokva, Siam va boshqa ko‘rfazlar bor.
Avstraliyaning sharqiy qirg‘oqlari yaqinida Marjon, Fidji va Tasmaniya dengizlari joylashgan. Bu dengazlar okean akvatoriyasidan Solomon, Yanga Gibrid, Fidji va Yanga Zelandiya orollar tizimi bilan chegaralangan.
Katta Zond va Filippin arxipelaglari oraliqlarida vujudga kelgan bir nechta kichik dengizlar ham mavjud. Bular Sulu, Sulavesi, Yava, Bali, Banda, Molukka, Seram va boshqalardir. Yangi Tayvan, Yangi Britaniya va Solomon orollari o‘rtaligida Solomon dengizi joylashgan. Tinch okeaning g‘arbiy qismidaga dengazlarning geografik joylashishi materik va okean plitalarining uzaro tuknashib turgan zonasiga to‘g‘ri keladi. Dengazlarning aksariyat kdsmi shelfda tashkil toptan bo‘lib, ularning o‘rtacha chuqurliga 100-200 m dan oshmaydi. Tinch okeandagi yirik dengizlar ichida Filippin dengazi o‘rtacha katta chuqurlikka ega ekanliga bilan ajralib turadi.
U hamma tomondan Ryukyu (Nansey), Filippin, Karolina, Mariana va Nampo orollar tizimi bilan o‘ralgan.
Tinch okeanning janubiy qismida, Antarktida sohillarida Somoa, Ross, Amundsen, Bellinsgauzen dengizlari va Zalsberger; Rigli, Ronne, Margarita qo‘ltiqlari bor. Ular okeanning boshqa dengaz va qo‘ltiqlaridan organik hayoti ham rivojlanganliga,.suvining haroratini pasayishiga va muz qoplamining davomiyliga bilan farq qiladi.
Okeanning harkterli xususiyatlaridan yana .biri uning asosiy akvatoriyasida mayda orollar guruhining juda ham ko‘p tarqalganligidir. Bular Gavay, Marshall, Layn, Tuamatu, Fidji, Gilbert, Feniks, Samoa, Kuk va boshqa orollar tizimidir. Binobarin, Tinch okeanda yirik va mayda orollar boshqa okeanlarga nisbatan juda keng tarqalgan bo‘lib, umumiy soni 10 mingdan ortadi. Ular kelib chiqishiga ko‘ra materik vulkan va marjon orollariga bo‘linadi.